2025-yilning dastlabki oyida ikkilamchi avtomobil bozorida faollik pasayishda davom etdi.

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan yanvar oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillarning o‘rtacha narxlari tahlil qilindi.

Mahalliy ommabop avtomobillar narxi

Joriy yilning yanvar oyida mahalliy ommabop avtomobillar narxi 2024-yilning dekabr oyidagiga nisbatan arzonlashdi.

Xususan:

  • “Onix”: kam foydalanilgan — 2,4%ga ($14 350 dan $14 000 ga), ko‘p foydalanilgan — 1,5%ga ($13 000 dan $12 800 ga);
  • “Lacetti”: kam foydalanilgan — 0,7%ga ($15 000 dan $14 900 ga), o‘rtacha foydalanilgan — 1,4%ga ($14 500 dan $14 300 ga), ko‘p foydalanilgan — 1,7%ga ($13 327 dan $13 095 ga);
  • “Cobalt”: kam foydalanilgan — 1,4%ga ($12 901 dan $12 725 ga), o‘rtacha foydalanilgan — 2,4%ga ($12 300 dan $12 000 ga), ko‘p foydalanilgan — 1,7%ga ($11 700 dan $11 500 ga);
  • “Nexia”: o‘rtacha foydalanilgan — 1,8%ga ($11 400 dan $11 200 ga); ko‘p foydalanilgan — ($10 500 dan $10 465 ga);
  • “Spark”: o‘rtacha foydalanilgan — 1%ga ($10 300 dan $10 200 ga), ko‘p foydalanilgan — 1,1%ga ($9 300 dan $9 200 ga);
  • “Damas”: kam foydalanilgan — 0,5%ga ($8 135 dan $8 098 ga), o‘rtacha foydalanilgan — 1,4%ga ($8 000 dan $7 886 ga), ko‘p foydalanilgan — 4,1%ga ($7 300 dan $7 000 ga) arzonlashgan.

Mahalliy lyuks avtomobillar narxi

Kam foydalanilgan “Equinox” va “Malibu” avtomobillarining o‘rtacha narxlarida oshish kuzatilgan bo‘lsa-da, o‘rtacha va ko‘p foydalanilganlari uchun narxlar arzonlashishda davom etdi.

Xususan:

  • “Malibu”: o‘rtacha foydalanilgan — 2,1%ga ($29 100 dan $28 500 ga), ko‘p foydalanilgan — 1,6%ga ($25 000 dan $24 600 ga) arzonlagan bo‘lsa, kam foydalanilgan uchun o‘rtacha narx 1,2%ga ($29 650 dan $30 000 ga) oshdi;
  • “Equinox”: o‘rtacha foydalanilgan — 1,6%ga ($30 500 dan $30 000 ga) arzonlab, ko‘p foydalanilgani uchun o‘rtacha narx ($26 500) o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa, kam foydalanilgani 0,9%ga ($34 000 dan $34 308 ga) oshgan;
  • “Tracker”: kam foydalanilgan — 1,6%ga ($18 700 dan $18 403 ga), o‘rtacha foydalanilgan — 2,3%ga ($17 700 dan $17 300 ga), ko‘p foydalanilgan — 2,9%ga ($17 000 dan $16 500 ga) arzonlashgan.

Elektromobillar narxi

Mazkur davrda ko‘p foydalanilgan BYD “E2” ($15 250) va “Yuan Up” ($20 000) elektromobillari narxi o‘zgarmagan bo‘lsa, boshqa elektromobillar o‘rtacha narxlarida arzonlash kuzatildi.

Xususan:

  • BYD “E2”: yangi — 1,8%ga ($17 100 dan $16 800 ga), o‘rtacha foydalanilgan — 2,9%ga ($15 970 dan $15 500 ga);
  • BYD “Han”: yangi — 0,9%ga ($32 500 dan $32 200 ga), ko‘p foydalanilgan — 2,9%ga ($31 750 dan $31 250 ga);
  • BYD “Song Plus DM-i Champion”: yangi — 0,3%ga ($29 100 dan $29 000 ga), o‘rtacha foydalanilgan — 1,1%ga ($27 200 dan $26 900 ga), ko‘p foydalanilgan — 2,8%ga ($24 999 dan $24 300 ga);
  • BYD “Song Plus EV Champion”: yangi — 1,4%ga ($28 500 dan $28 090 ga), o‘rtacha foydalanilgan — 3,6%ga ($26 600 dan $25 650 ga), ko‘p foydalanilgan — 2,9%ga ($24 050 dan $23 350 ga).

Xorijiy avtomobillar narxi

  • “Elantra”: o‘rtacha foydalanilgan — 2,3%ga ($21 500 dan $21 000 ga); ko‘p foydalanilgan — 4,8%ga ($21 000 dan $19 995 ga);
  • “Tucson”: kam foydalanilgan — 1,5%ga ($33 500 dan $33 000 ga), o‘rtacha foydalanilgan — 0,8%ga ($31 750 dan $31 500 ga); ko‘p foydalanilgan — 2,0%ga ($25 500 dan $25 000 ga);
  • “Sportage”: kam foydalanilgan — 1,4%ga ($29 000 dan $28 600 ga), o‘rtacha foydalanilgan — 1,8%ga ($27 500 dan $27 000 ga);
  • “Seltos”: ko‘p foydalanilgan — 2,1%ga ($23 500 dan $23 000 ga) arzonlagan.