Qashqadaryo viloyatida o‘zboshimchalik bilan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan nazorat tadbiri o‘tkazilgan.

Koson tumanida joylashgan “S.K.S.” nodavlat ta’lim muassasasiga qarashli binoda gaz hisoblagich o‘rnatmasdan o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 87,2 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.


Avvalroq “Spot” Namanganda qariyb 580 mln so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingani haqida yozgandi.

Xususan, To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan oshxona o‘zboshimchalik bilan tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi aniqlandi.