“YouTube” bosh direktori Nil Mohan kompaniyaning 2025-yilga mo‘ljallangan rejalarini e’lon qildi, unda sun’iy intellekt asosiy o‘rin tutadi.

Qayd etilishicha, “YouTube” kontent yaratuvchilar uchun sun’iy intellekt vositalariga, jumladan, g‘oyalar ishlab chiqish, eskizlar yaratish va sinxron tarjima qilishga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

Fevral oyida mualliflarga videolarni avtomatik dublyaj qilish vositasi taqdim etiladi. Bu funksiya kontentni turli tillarga o‘girish orqali auditoriyani sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi.

Shuningdek, mualliflik huquqlarini himoya qilish uchun sun’iy intellektdan foydalanishni rejalashtirilmoqda. Uning yordamida yaratilgan tasvirlar va ovozlarni aniqlash uchun Content ID dasturi kengaytiriladi.

Bundan tashqari, “YouTube” foydalanuvchilarning yoshini aniqlash va yosh toifasiga mos kontentni taqdim etish uchun mashinali o‘rganish texnologiyasini ishlab chiqmoqda.


Avvalroq “Spot” “YouTube” qisqa videolarni oflayn ko‘rish funksiyasini sinovdan o‘tkazayotgani haqida yozgandi.

Hozirda mazkur funksiyadan faqat xizmatning pullik obunachilari foydalanish imkoniyati mavjud.