“Google” foydalanuvchilarning yoshini mashina o‘rganishiga asoslangan model yordamida aniqlay boshladi. Bu haqda “The Verge” nashri xabar berdi.
U tashrif buyurilgan saytlar, “YouTube"da ko‘rilgan videolar va akkaunt yaratilgan vaqt haqidagi ma’lumotlarni tahlil qiladi.
Agar sun’iy intellekt modeli hisob egasini 18 yoshdan kichik deb hisoblasa, “Google” “SafeSearch” filtri yordamida qidiruv natijalaridagi behayo kontentni yashiradi va “YouTube"dagi videolarni cheklaydi.
Shuningdek, foydalanuvchiga selfi, kredit karta yoki ID karta yordamida yoshini tasdiqlash taklif qilinadi.
Qayd etilishicha, texnologiya AQShda sinovdan o‘tkazilmoqda, keyinchalik u boshqa mamlakatlarga ham tarqatiladi.
Avvalroq “YouTube” foydalanuvchilarning yoshini aniqlash va yosh toifasiga mos kontentni taqdim etish uchun mashinali o‘rganish texnologiyasini ishlab chiqayotgani haqida xabar berilgandi.
“YouTube” kontent yaratuvchilar uchun sun’iy intellekt vositalariga, jumladan, g‘oyalar ishlab chiqish, eskizlar yaratish va sinxron tarjima qilishga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.
Fevral oyida mualliflarga videolarni avtomatik dublyaj qilish vositasi taqdim etiladi. Bu funksiya kontentni turli tillarga o‘girish orqali auditoriyani sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi.
Shuningdek, mualliflik huquqlarini himoya qilish uchun sun’iy intellektdan foydalanishni rejalashtirilmoqda. Uning yordamida yaratilgan tasvirlar va ovozlarni aniqlash uchun Content ID dasturi kengaytiriladi.
Avvalroq “Spot” “Google” xizmatlarni qidirish uchun “Mendan so‘rang” funksiyasini ishga tushirayotgani haqida yozgandi.
Funksiyaning maqsadi — foydalanuvchilarga telefonda gaplashishga vaqt sarflamasdan, tovarlar mavjudligi va narxlari haqida ma’lumot olishga yordam berish hisoblanadi.