“Telegram” jamoasi messenjerning yangi versiyasini taqdim etdi.

Millionlab stikerlar uchun AI asosida qidiruv

Dekabrda “Telegram"ning rasmiy to‘plamlaridan 40 mingdan ortiq stikerlar va emojilar uchun sun’iy intellekt asosida qidiruv imkoniyati qo‘shilgan edi.

Bu yangilanish bilan SI modeli endi “Telegram foydalanuvchilari tomonidan yuklangan millionlab maxsus stikerlar va emojilar natijalarini o‘z ichiga oladi.

O‘ylayotgan maymun yoki fazoviy it kabi murakkab kalit so‘zlarni qidirib ko‘rish — stiker paneli foydalanuvchi qidirayotgan narsani darhol chiqaradi. Bu funksiya 29 tilda, jumladan, ingliz, ispan, arab va o‘zbek tillarida qidiruvni qo‘llab-quvvatlaydi.

Videoning joriy vaqtidagi havolasini nusxalash

2019-yildan buyon video xabarlarga qo‘shilgan izohlar va javoblar 1:38 kabi vaqt belgilarini qo‘llab-quvvatlab keladi, bu esa kulgili lahzalarni ajratib ko‘rsatish yoki tomoshabinlarni maʼlum bo‘limlarga yo‘naltirish imkonini beradi.

“Telegram"dagi chatlarda yoki boshqa platformalarda video havolasini ulashayotganda endi havolaga joriy vaqt belgisini qo‘shishingiz mumkin. Kimdir havolani bosganida video “Telegram"da o‘sha aniq lahzada ochiladi.

Video havolasini ulashish uchun video pleyerda ulashish strelkasini bosish kerak. Bu foydalanuvchiga havolaga joriy vaqtni qo‘shish imkoniyatini avtomatik ravishda beradi.

Kanallarda video muqovalari

Hikoyangizga qo‘shadigan videolar kabi, endi siz kanallarda joylagan videolar uchun muqova rasmi sifatida foydalanish uchun kadr tanlash mumkin.

Qiziqarli eskizlar yaratish uchun muqovani tanlashdan oldin video muharriri yordamida matn, stiker, emoji va boshqalarni qo‘shish imkoniyati bor.

Video muqovasini tanlash uchun video muharririning yuqori burchagidagi uch nuqta belgisini bosish va “Muqovani tahrirlash” bandini tanlash kerak.

Videolarni qolgan joyidan boshlab ijro qilish

Endi video tomosha qilayotganda pleyer to‘xtagan joyini eslab qoladi. Videodan istalgan vaqtda chalg‘ish mumkin — unga qaytganda tomosha aynan qolgan joyidan davom etadi.

“Telegram"dagi barcha videolar tasvir ustida tasvir rejimida ijroni qo‘llab-quvvatlaydi, shuning uchun xabarlarga javob berayotganda va boshqa chatlarni ko‘rib chiqayotganda tomosha qilishda davom etish mumkin.

Kanal nomidan Yulduzlar bilan reaksiya

Foydalanuvchilar kontent mualliflarini kanal postlariga Yulduz reaksiyasini yuborish orqali Yulduzlar bilan qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Maxfiylikni oshirish va kontent mualliflariga reytingda kanallarini targ‘ib qilish imkonini berish uchun foydalanuvchilar endi o‘z kanallaridan biri nomidan Yulduzlar bilan reaksiya bildirishi mumkin.

Yulduz reaksiyalari uchun har doim anonim rejim mavjud — foydalanuvchi yetakchilar reytingida chiqmasligi uchun reaksiyalarni yuborishdan oldin o‘z ismini berkitishi mumkin.

O‘xshash botlar

Kanallarda bo‘lgani kabi, bot profillarida endi o‘xshash botlar ro‘yxatini ko‘rishingiz mumkin — bu sizga boshqa mashhur xizmatlar, vositalar va o‘yinlarni topishga yordam beradi.