Turkiyaga shartli kirish talabi bekor qilindi. Bu haqda “Mayalanya” nashri xabar berdi.
Fevral oyi boshida chet el fuqarolari Turkiyaga shartli kirish (şartlı giriş) orqali kira olmasliklariga duch kelishdi.
Ilgari viza muddati o‘tib ketgan yoki yashash ruxsatnomasi bo‘yicha rad javobini olgan chet elliklar foydalangan shartli kirish endi amal qilmay qo‘ydi.
2025-yil 10-fevral holatiga ko‘ra, Turkiya aeroportlarida 150 dan ortiq chet ellik fuqaro qolib ketgan. Ular yangi qoidadan bexabar bo‘lganlari sababli endi mamlakatga qayta kirolmayaptilar.
Shartli kirishni bekor qilish to‘g‘risidagi ichki qaror o‘tgan haftada qabul qilingan. Biroq migratsiya xizmati bu haqda hech qanday rasmiy xabar bermagan.
Qonuniy yashash muddatini oshirib yuborgan chet elliklar Turkiyadan kamida uch oy muddatga chiqib ketishlari kerak bo‘ladi.
Aniq muddat chet el fuqarosining milliy mansubligiga bog‘liq. Shuningdek, yangi vizasiz davr boshlanganidan keyin ham kelish imkoniyati mavjud.
Avvalroq “Spot” “Turkiye Burslari” grant dasturiga arizalar qabuli boshlangani haqida yozgandi.
Unda o‘zbekistonliklar ham bakalavr, magistratura hamda PhD uchun hujjat topshirishlari mumkin. Talabalarning barcha xarajatlari qoplab berilib, ularga oylik stipendiya ajratiladi.