AQSh yashil energiyadan voz kechib yana ko‘mir bilan ishlaydigan IESlar faoliyatini tiklamoqchi. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar berdi.
“Biz ko‘mirdan olinadigan elektr energiyasini doimiy ravishda kamaytirib bormoqdamiz. Bu elektr energiyasini qimmatlashtirib, tarmoqni beqarorlashtirdi”, — AQSh energetika vaziri Krist Rayt.
Raytning ta’kidlashicha, ushbu yoqilg‘i manbasini qo‘shish kelgusi o‘n yilliklar davomida mamlakat energetika tizimi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
“Qisqa muddatli istiqbolda umid qilishimiz mumkin bo‘lgan eng yaxshi narsa — ko‘mir elektr stansiyalarining yopilishini to‘xtatishdir. Bu harakatdan hech kim naf ko‘rmadi”, — dedi Rayt.
AQSh prezidenti Donald Tramp bu g‘oyani qo‘llab quvvatlagan. AQSh so‘nggi 24 yillikda jami 161 GVt ko‘mir bilan ishlaydigan IES faoliyatini to‘xtatgan edi. Shundan, 33%i Trampning birinchi boshqaruv davrida amalga oshirilgan.
Faoliyati to‘xtatilgan IESlar o‘rni tabiiy gaz yoqilg‘isi va yashil energiya bilan qoplandi. So‘nggi 24 yillikda AQSh energobarqarorlikni ta’minlashda gaz iste’molini yiliga 500 km kubdan 1000 km kubgacha oshirdi.
Shamol parraklari va quyosh panellariga haddan tashqari yuqori kuch berildi. Ammo, iqlim o‘zgarish anomaliyalarida yashil energiya imkoniyatlari barqaror elektr energiyani ta’minlay olmayotgani, bu AQShga har yili milliardlab dollar zarar keltirilayotgani aytilmoqda.
Avvalroq “Spot” Shavkat Mirziyoyev Surxondaryodagi birinchi IES qurilishiga start bergani haqida yozgandi.
Stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasi Surxondaryodagi 500 ming xonadonni ham nurga to‘ldiradi.