2009-yilda tashkil etilgan O‘zbekistondagi hayot va salomatlik sohasidagi yetakchi sug‘urta kompaniyalaridan biri bo‘lgan Alfa Life Insurance aksiyadorlik jamiyati sug‘urta bozorini rivojlantirish va aholi o‘rtasida sug‘urta madaniyati darajasini oshirishga faol hissa qo‘shishda davom etmoqda. Sug‘urta xizmatlarini yanada rivojlantirish — fuqarolarning ijtimoiy muhitiga, iqtisodiyotiga va hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Sug‘urta bozorining rivojlanishi barqaror ijtimoiy va iqtisodiy muhitni yaratishda, fuqarolar va biznesni kutilmagan xavflardan himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi. Hayot va sog‘liqni sug‘urtalash fuqarolarga kasallik, baxtsiz hodisalar yoki boshqa hayotiy qiyinchiliklar kabi kutilmagan vaziyatlarda o‘zlarini xavfsiz his qilishlariga yordam beradi. Bu stress darajasini pasaytiradi va kelajakka bo‘lgan ishonchni oshiradi.

alfa life, reklama

Shuningdek, sug‘urta — sog‘liqni saqlash va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni rag‘batlantiradi. Masalan, jamoaviy tibbiy sug‘urta ishchilarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishga imkon yaratadi, bu mehnat unumdorligi va hayot farovonligini oshiradi, ish beruvchilar va xodimlarni davolash xarajatlarini kamaytiradi, muntazam tibbiy ko‘riklarni o‘z ichiga oladi, bu esa kasalliklarni dastlabki bosqichida aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sug‘urta xizmatlari jismoniy va yuridik shaxslar uchun keng ko‘lamli imtiyozlarni taqdim etadi. Sug‘urta kutilmagan hodisalar yuz berganda, masalan, chet elga sayohat paytida moliyaviy yo‘qotishlarni minimallashtirishga imkon beradi. Sayyohlar va chet elga sayohat qiluvchilarni sug‘urtalash — mamlakat ichida yoki chet elda sayohat qilish vaqtida himoya qiladi, sayohat xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarda yordam beradi, yuqori malakali xalqaro hamkorlar yordamida dunyoning istalgan nuqtasida qimmat tibbiy yordamdan o‘z vaqtida foydalanish imkonini beradi.

O‘zbekiston — o‘zining mehmondo‘stligi bilan mashhur mamlakat va bu sifatni O‘zbekiston Respublikasiga kirayotgan shaxslarni sug‘urta qilish xizmati orqali kuchaytirishga Alfa Life Insurance harakat qilmoqda.

Sug‘urta moliyaviy barqarorlikni oshirishga, aholining hayot sifatini yaxshilashga va ijtimoiy himoya tizimiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga yordam beradi. Sug‘urta orqali fuqarolar va korxonalar kutilmagan holatlarda kerakli yordamni olishlarini bilib, o‘z kelajagini ishonchli rejalashtirishlari mumkin. Qarz oluvchining hayoti va sog‘lig‘ini ixtiyoriy sug‘urtalash va kredit karta egalarining hayotini sug‘urtalash bo‘yicha xizmatlar buning yaqqol dalilidir. Axir, sug‘urtalangan shaxs vafot etgan yoki nogiron bo‘lgan taqdirda, kredit karta qarzini to‘lash uning oilasi uchun moliyaviy tashvishlarni yengillashtiradi va yaqinlarini qarz majburiyatlaridan xalos qiladi.

“Himoya” aralash hayot sug‘urtasi va “Kelajak” uzoq muddatli hayot sug‘urtasi kabi bonusli xizmatlari nafaqat hayot va salomatlikni himoya qilishga, balki kelajak uchun mablag‘ to‘plashga ham yordam beradi.

alfa life, reklama

Bundan tashqari, baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashning afzalliklarini ta’kidlash kerak, bu moliyaviy yordamni, ya’ni jarohatlar, nogironlik uchun to‘lovlarni, shuningdek, 24/7 himoyani o‘z ichiga oladi.

Farzand hayotdagi eng bebaho gavhardir, uning xavfsizligi esa barcha ota- onaning bosh maqsadi. Alfa Life Insurance`ning maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash xizmati kutilmagan vaziyatlarda bolalarni har doim himoya ostida bo‘lishlarini ta’minlab beradi.

Qolaversa, bolalarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash aholining zaif toifalarini himoya qiladi va ularning uyg‘un rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

Sportchilar O‘zbekistonning jahon miqyosidagi g‘ururidir, shuning uchun Alfa Life Insurance sportchilarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashni taklif etadi. Ushbu xizmat mashg‘ulotlar yoki musobaqalar paytida olingan jarohatlar uchun xarajatlarni qoplashni o‘z ichiga oladi.

Alfa Life Insurance taklif etayotgan xizmatlar iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, turizm va sport kabi o‘zaro uzviy bog‘liq sohalarning rivojlanishini rag‘batlantiradi va jamiyatning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi.

Hasharotlar va zaharli ilonlar chaqishi, itlar va mushuklar tishlashidan sog‘liqni sug‘urtalash hamda yuqumli kasalliklardan sug‘urta qilish emlash xarajatini ham o‘z ichiga oladi. Ushbu xizmatlar katta moliyaviy xarajatlarsiz tibbiy yordamni o‘z vaqtida olishga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida, fuqarolarga har qanday vaziyatda ham o‘zlarini xotirjam his qilishlariga imkoniyatdir.

alfa life, reklama

Ishchilarning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash, shuningdek boshqa korporativ dasturlar, xodimlarning sodiqligini oshiradi, korporativ madaniyatni yaxshilaydi, biznes xavfini kamaytirishga yordam beradi. Bularning barchasi birgalikda qulay ish muhitini yaratishga yordam beradi va mehnat unumdorligini oshiradi.

Sug‘urta bozorining rivojlanishi davlat byudjetiga yukni kamaytirishga yordam beradi, chunki sug‘urta sohasi tibbiy yordam va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarining bir qismini o‘z zimmasiga oladi.

Alfa Life Insurance O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya va sog‘liqni saqlash sohasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi

Alfa Life Insurance aksiyadorlik jamiyati 2025-yil — “Atrof-muhitni muhofaza qilish va „yashil“ iqtisodiyot yili” deb e’lon qilgan prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi. Kompaniya ekologiya va aholi salomatligi bir-biri bilan chambarchas bog‘liqligiga amin va kompaniyaning vazifasi ishonchli sug‘urta qarorlari orqali fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashga hissa qo‘shishdir.

Alfa Life Insurance`ning sug‘urta mahsulotlari sog‘lom kelajakka hissa qo‘shadi. Alfa Life Insurance ekologik vaziyatni maqbullashtirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan aholi salomatligini yaxshilashga yordam beradigan sug‘urta mahsulotlarini faol ravishda targ‘ib qiladi. Sog‘lom jamiyat — barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyotning asosi, sug‘urta esa sog‘liqni saqlash vositasidir.

alfa life, reklama

Alfa Life Insurance sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va kasalliklarning oldini olish hamda ekologiyaning sog‘liq uchun ahamiyati to‘g‘risida xabardorlikni oshirishga qaratilgan dasturlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Sug‘urta jarayonlarida raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali kompaniya yashil iqtisodiyot tamoyillariga mos keladigan qog‘oz va boshqa resurslardan foydalanishni kamaytirmoqda.

Alfa Life Insurance faqat birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan sog‘lom va ekologik barqaror jamiyatni yaratish mumkinligiga ishonadi. Alfa Life Insurance O‘zbekiston prezidentining millat ekologiyasi va salomatligini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Alfa Life Insurance O‘zbekistonning barcha fuqarolari va tashkilotlarini o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun sug‘urta mahsulotlaridan faolroq foydalanishga chaqirmoqda.

Telefon: (+998) 78−120−01−37.

E-mail: alfalife@alfalife.uz

Sayt: alfalife.uz
Facebook: fb.com/alfalife.uz
Instagram: @alfa.life.uz
Telegram: t.me/insurance_alfa_life

Reklama huquqlari asosida.