“YouTube” video xizmati yangilangan “Dream Screen” funksiyasini taqdim etdi. Bu haqda “Kommerssant” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, funksiya endi “Shorts” qisqa videolar bo‘limi uchun matnli tavsif asosida to‘liq videolar yaratish imkonini beradi.

Vosita “Google Veo 2” neyron tarmog‘i asosida ishlaydi va foydalanuvchilarga video uslublari, effektlari va davomiyligini tanlash imkoniyatini beradi.

dream screen, shorts, youtube

Ilgari “Dream Screen” faqatgina fon yaratish uchun qo‘llanilardi, ammo endi u orqali tayyorlangan videolarni “Shorts"da e’lon qilish mumkin bo‘ldi.

Buning uchun kamerani faollashtirish, media fayllar tanlash panelini ochish, “Yaratish” tugmasini bosish va matn so‘rovini kiritish lozim.

Bu funksiya AQSH, Avstraliya, Kanada va Yangi Zelandiyada allaqachon mavjud. Kelajakda “YouTube” geografiyani kengaytirishni rejalashtirmoqda, biroq aniq muddatlarni aytmayapti.

Barcha yaratilgan videolar sun’iy intellekt ishlatilganini bildiruvchi maxsus “Google SynthID” suv belgilari bilan belgilanadi.


Avvalroq “Spot” “YouTube” yangi funksiyalarni taqdim qilishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Ular orasida kontent yaratuvchilar uchun sun’iy intellekt vositalari, jumladan, g‘oyalar ishlab chiqish, eskizlar yaratish va sinxron tarjima qilish kabilar bor.