Urganch tumanida 1,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi va novvoyxona aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va Urganch tumani IIB xodimlari hamkorligida “E-K.” MCHJga qarashli avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi va novvoyxona binosida o‘rganish o‘tkazilgan.
Unda MCHJ mas’ul shaxslari umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olgani aniqlangan.
Buning natijasida 512,6 ming kub metr tabiiy gazdan o‘g‘irlik yo‘li bilan foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,3 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq “Spot” Toshkent va Adijon viloyatida qariyb 979 mln so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingani haqida yozgandi.
Xususan, Andijon shahri hamda Isboskan tumanida korxona va oshxona, Toshkent viloyatida esa 2 ta issiqxona tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi aniqlandi.