“Potensial juda katta” — Zafar Hoshimov xizmat ko‘rsatish sohasi haqida

Tadbirkor davlat rahbari Savdo va servis tadbirkorlar uyushmasini tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatlaganini ma’lum qildi. Hoshimov mazkur uyushmaga rahbarlik qiladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


“Ishlab chiqaruvchilar inqirozga uchrashi mumkin” — ISSV elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi oshirilishi haqida

Vazirlik departamenti boshlig‘i Inomjon Abdurahmonov import avtomobillar uchun bojxona to‘lovlarining pastligi ishsizlik oshishiga olib keladi. Imtiyozlarsiz esa avtomobil ishlab chiqarishda xorijiy investorlarni jalb qilish imkonsiz.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


1Fit rahbari O‘zbekiston bozori, sportga bo‘lgan past qiziqish va million dollarlik savdolar haqida

Murat Alixanov nima uchun fitnes sohasini tanlagani, loyihani qanday rivojlantirgani hamda foydalanuvchilarning 70%i sport abonementini birinchi marta xarid qilayotgani haqida “Spot"ga so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Xorijda ta’lim: Malayziyada grant asosida ta’lim olayotgan Muslimbek Akramov hikoyasi

U “Spot” bilan suhbatda nima uchun Malayziyada ta’lim olishni tanlagani, u yerdagi ta’lim tizimi, oylik xarajatlar va grant yutish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Gaz “zapravka"lar amaldagi tartibda ishlashda davom etadi — Energetika vazirligi.
    Vazirlik Buxoroda yuz bergan yong‘in natijasida gaz “zapravka"lar faoliyatiga cheklovlar kiritilmaganini, ular hududlardagi talab hamda gaz quvurlaridagi bosimdan kelib chiqib ishlashlarini ma’lum qildi.
  2. “Biz xalqaro konsorsium tashkil etamiz” — “O‘zatom” direktori O‘zbekistondagi kichik AES qurilishi haqida.
    Azim Axmedxo‘jayev davlat rahbari atom energetikasi sohasidagi loyihalar sonini oshirish bo‘yicha topshiriq berganini qayd etdi.
  3. O‘zbekistonning korrupsiya bo‘yicha reytingdagi o‘rni o‘zgarishsiz qoldi.
    Mamlakat 180ta davlat orasida 121-o‘rinni saqlab qoldi, biroq uning ball ko‘rsatkichi 33dan 32gacha pasaydi.
  4. Aprel oyida metan “zapravka"lar uchun gaz narxining ko‘tarilishi tovarlar tannarxini oshiradi — Markaziy bank.
    Regulyator tashqi xavf-xatarlar orasida savdo cheklovlarining kuchayishi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oshishini alohida ta’kidlamoqda.
  5. Kambag‘al oilalarga ayrim xarajatlarini qoplashga 11,25 mln so‘mgacha subsidiya beriladi.
    1-apreldan yoshlar, 1-sentabrdan esa ayollar daftarlari orqali beriladigan bir martalik moddiy yordamlar o‘rniga kam ta’minlangan oilalar uchun nazarda tutilgan nafaqalar to‘lanadi.
  6. Yanvar oyida ikkilamchi avtomobillar narxlari qanday o‘zgardi?
    O‘tgan oyda o‘rtacha foydalanilgan mahalliy ommabop va xorijiy lyuks avtomobillar hamda elektromobillar narxlari pasaygan.
  7. Metan “zapravka"lar faoliyati vaqtinchalik cheklandi — “O‘zenergoinspeksiya”.
    Inspeksiya Toshkentdagi “Carvon"ga qarashli AYQShlarni o‘rganib, AI-80 benzini mavjud emasligini, AI-92 va AI-95 markali avtobenzinlari sotilayotganligini hamda ularning sifati buzilmaganini aniqladi.
  8. “Naqd puldagi to‘lovlarning qabul qilinishini kafolatlamaymiz” — “O‘zsuvta'minot”.
    Kompaniya raisi o‘rinbosari Xurshid Rahmatullayev 1-dekabrdan nazoratchilar orqali ichimlik va oqova suv uchun to‘lovlarni olish va qarzdorlik qog‘ozlarini tarqatish to‘liq to‘xtatilganini, bu kabi holatlar qonun buzilishi ekanligini qayd etdi.
  9. Dollar kursi 13 000 so‘mdan oshdi.
    Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 15 so‘mga oshib, 13 003,95 so‘mni tashkil etdi.
  10. Elektr va gaz narxlarining ko‘tarilishi inflyatsiyaning 2 foiz bandga oshishiga olib keladi — MB.
    Aprel oyida regulyator o‘tgan energiya tariflari indeksatsiyasini hisobga olgan holda yillik inflyatsiyaning o‘sish sur’atlari tezlashishini kutmoqda.