“Instagram” izohlardagi dizlayk funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqda, deya xabar berdi “TechCrunch” nashri.

Izohlardagi dizlayk tugmasiga ba’zi foydalanuvchilar e’tibor qaratishdi. “Instagram” rahbari Adam Mosseri ijtimoiy tarmoq uni sinovdan o‘tkazayotganini tasdiqladi.

Uning aniqlik kiritishicha, boshqa foydalanuvchilar kimdir dizlayk qo‘yganini va ularning sonini ko‘rmaydi.

dislayk, instagram

Kelajakda ijtimoiy tarmoq bunday izohlar quyida ko‘rsatilishi uchun reytingda dislayklar sonini hisobga olishni boshlashi mumkin.

“Umid qilamizki, bu “Instagram"dagi izohlarni yanada do‘stona qilishga yordam beradi,” — dedi Mosseri.

2021-yilda Instagram* foydalanuvchilarga o‘zlarining va boshqalarning nashrlaridagi yoqtirishlarni yashirish imkoniyatini berdi.

Shu yo‘l bilan ijtimoiy tarmoq odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy bosimni pasaytirishga ko‘maklashmoqchi edi.


Avvalroq “Spot” “Instagram” Reelsdagi maksimal video davomiyligini uch daqiqagacha oshirgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, “Instargam” AQShda “TikTok"ning taqiqlanishi fonida amaldagi cheklovni o‘zgartirgan.