“Meta” korporatsiyasi foydalanuvchilarga kundalik vazifalarda yordam bera oladigan robot-gumanoidlarni ishlab chiqishni boshladi.

“Bloomberg” ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya katta miqdorda sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda va loyihani sun’iy intellekt va robototexnika sohasidagi uzoq muddatli strategiyaning bir qismiga aylantirmoqchi.

Loyihaga ilgari “General Motors"ning Cruise bo‘limi bosh direktori bo‘lgan, bungacha “Unity Software” va “Amazon.com"da rahbarlik lavozimlarida ishlagan Mark Uitten rahbarlik qiladi.

Uning 100 ga yaqin mutaxassisdan iborat jamoasi “Meta” robotlarida ham, uchinchi tomon mahsulotlarida ham qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan dasturiy ta’minot, sensorlar va hisoblash tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, hozirgi gumanoid robotlar keng ko‘lamda qo‘llash uchun hali yetarlicha funksional emas, biroq sun’iy intellekt, kengaytirilgan va virtual reallik texnologiyalari soha rivojlanishini tezlashtirishi mumkin.

Shunga qaramay, kompaniyaning baholashicha, yaqin yillar ichida gumanoid robotlar keng omma uchun mavjud bo‘lmaydi.


Avvalroq “Spot” “Mercedes-Benz” ham zavodida odamsimon robotlarni ishga yollashi haqida yozgandi.

Kompaniya robotlarni jismoniy jihatdan murakkab qo‘l mehnatining ayrim turlarini avtomatlashtirish uchun foydalanishni rejalashtirmoqda.