Iqtisodiyot va moliya vazirligi ijtimoiy tarmoqlardagi ish haqi, pensiya va nafaqalarning oshishi haqidagi xabarlar haqida rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ish haqi, pensiya va nafaqalarning oshishi haqida tarqalayotgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi

“Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda ish haqi, pensiya va nafaqalarning 2025-yil 1-martdan va 1-avgustdan 10%ga oshirilishi to‘g‘risida xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.

Vazirlik ish haqi va pensiyalar bo‘yicha har qanday rasmiy ma’lumotlar tegishli davlat organlarining rasmiy manbalari orqali e’lon qilinishini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda oxirgi marta o‘tgan yilning 1-sentabridan pensiya va nafaqalar 15% ga, 1-oktabrdan budjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarning ish haqi 10% ga hamda tibbiyot xodimlari va o‘qituvchilarniki 15% ga oshirilgandi.

Avvalroq “Spot” 2024-yilda O‘zbekistonda korxona va tashkilotlar xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi 5 mln 357 ming so‘mni tashkil etgani haqida yozgandi.