“WhatsApp” messenjeri chatlarni moslashtirish funksiyalarini qo‘shishda davom etmoqda va ilovada maxsus mavzular paydo bo‘ldi.

Foydalanuvchi ularni o‘zingizga to‘liq moslashtirish, ranglar va belgilarning noyob kombinatsiyasini yaratish mumkin bo‘ladi. Yoki shunchaki taklif qilingan variantlardan birini moslashtirish mumkin.

Lekin bu yangiliklarning hammasi emas. Bundan tashqari, chatdagi fonni 30 ta tayyor variantdan biriga o‘zgartirish yoki galereyadan maxsus rasm qo‘yish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Shu bilan birga, funksiya nafaqat shaxsiy xabarlarda, balki kanallarda ham mavjud. Har bir dialog uchun esa noyob fon rasmini tanlash mumkin — bu yerda hech qanday cheklovlar yo‘q.

Barcha kanallar va shaxsiy suhbatlarning ko‘rinishini o‘zgartirish uchun “Sozlamalar” bo‘limiga kirish, “Chatlar” sahifasini ochish va “Standart mavzu"ni tanlash kerak.

Agar har bir suhbatdosh uchun alohida dizaynni sozlash kerak bo‘lsa, chat oynasiga kirib, uch nuqtali belgini (Android qurilmalari uchun) yoki suhbat nomini (iOS uchun) bosish, so‘ngra “Chat mavzusi"ni tanlash kerak.

Ayni paytda barcha yangi funksiyalar allaqachon “WhatsApp” ilovasi va veb-versiyasiga qo‘shilgan, biroq ular hamma foydalanuvchilarga darhol taqdim etilmaydi — to‘liq joriy qilinishi uchun bir necha hafta kutishga to‘g‘ri keladi.


Avvalroq “Spot” “WhatsApp” iOS’da “multi akkauntlar” funksiyasini sinovdan o‘tkazayotgani haqida yozgandi.

Funksiya yordamida foydalanuvchilar bitta qurilmada bir nechta “WhatsApp” akkauntlariga ega bo‘lishlari va ularni tezda almashtirishlari mumkin.