“OpenAI” kompaniyasi sun’iy intellekt modellarini o‘qitish yondashuvini o‘zgartirmoqda. Bu haqda “TechCrunch” nashri xabar berdi.
Bu orqali “mavzu qanchalik murakkab yoki bahsli bo‘lishidan qat’i nazar, intellektual erkinlikni” ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlaydi.
Natijada, “ChatGPT” ko‘proq savollarga javob bera oladigan, turli xil nuqtai nazarlarni taklif qiladigan va sun’iy intellekt chat-boti gapirmaydigan mavzular sonini kamaytiradigan bo‘ladi.
Ushbu o‘zgarishlar “OpenAI"ning yangi Tramp ma’muriyati e’tiborini qozonishga qaratilgan sa’y-harakatlarining bir qismi bo‘lishi mumkin, ammo shu bilan birga, ular Silikon vodiysidagi va “sun'iy intellekt xavfsizligi” tushunchasidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarning ham bir qismi hisoblanadi.
“Haqiqatni birgalikda izlang” deb nomlangan yangi bo‘limda “OpenAI, ba’zi foydalanuvchilar buni axloqsiz yoki haqoratli deb hisoblashsa ham, “ChatGPT” muayyan nuqtai nazarni egallamasligini xohlashini ta’kidlaydi.
Bu shuni anglatadiki, “ChatGPT” bahs-munozarali mavzular bo‘yicha bir nechta fikrlarni taqdim etadi va bunda to‘liq betaraflikka intiladi.
Avvalroq “OpenAI” rahabri Sem Altman tez orada “GPT-4.5” va bepul “GPT-5” taqdim qilinishi haqida xabar bergandi.
Neyron tarmoqlar so‘rovlarni mustaqil ravishda tahlil qila oladi va keng ko‘lamli vazifalar uchun foydali bo‘ladi.