18-fevral kuni Olmazor tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” matbuot xizmati xabar berdi.
“Iste'molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida, 18-fevral kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi”, deyiladi xabarda.
Xususan, quyidagi hududlarda iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:
- Olmazor tumani: “Miskin”, “Qorasaroy” hamda “Guruchariq” MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.
Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘raydi.
Avvalroq “Spot” Samarqandda mayning ferma 1,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgani haqida yozgandi.
Xususan, oilaviy korxona rahbari mayning qurilmalarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulash orqali elektr energiyasini o‘g‘irlagan.