Namangan viloyatida tadbirkor elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
“O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda nazorat tadbiri o‘tkazilgan.
Unda Uychi tumanida joylashgan “E. J. A.” yakka tartibdagi tadbirkorga qarashli umumiy ovqatlanish binosida elektr hisoblagichdan tashqari ulangan holda, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 95,8 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Shuningdek, Andijon viloyatida so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi.
“O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyat hududiy boshqarmasi va gaz ta’minoti korxonasi bilan hamkorlikda nazorat tadbiri o‘tkazilgan.
Unda Ulug‘nor tumanida joylashgan “I.E.” MCHJga qarashli binoda hechqanday hujjatsiz, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 226,1 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Avvalroq “Spot” ikki yarim oyda 133 mln kub metr gaz talon-toroj qilingani haqida yozgandi.
Bu hajmdagi tabiiy gaz 266 ming xonadonning bir oylik meʼyoriy bazasi yoki metan zapravkalarning 10 kun davomida uzluksiz ishlashiga yetarli hisoblanadi.