“UPay” hammuassisi Behzod Botirov “Pay Way” to‘lov xizmatining majoritar aksiyalar paketini sotib oldi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portali ma’lumotlarida keltirilgan.
13-fevral kuni Botirov Behzod Botirjon o‘g‘li “Pay Way” aksiyalarining 45,15%ini 4,96 mlrd so‘mga oldi, bitta qimmatli qog‘ozning nominal qiymati 1000 so‘mni tashkil etdi. Keyin Behzod Botirov yana 29,23% aksiyalarni 3,21 mlrd so‘mga sotib oldi. Shunday qilib, bitimning umumiy qiymati 8,18 mlrd so‘mni tashkil etdi, Botirov hozirda aksiyalarning 74,38%i ga egalik qiladi.
Natijada asosiy ta’sischi va ijro organi rahbari Sattarov Bunyod Baxtiyorovichning ulushi 50% dan 10,49% ga pasaydi. Shu bilan birga, “Pay Way” kompaniyasini boshqarishda davom etmoqda.
14-fevral kuni “Pay Way” affillangan shaxslar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritib, unga Botirov Behzod Botirjon ug‘lini kiritdi, shuningdek, Moskovsev Aleksey Alekseyevich va Mustafin Rishat Ilxamovich esa bu ro‘yxatdan chiqarildi. Shuningdek, Botirov 7-fevraldan kuzatuv kengashi a’zosi etib tayinlandi.
Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reestri ma’lumotlariga ko‘ra, ilgari “Pay Way” ustav fondining 50%i Sattarov Bunyod Baxtiyorovichga, 35%i Moskovsev Aleksey Alekseyevichga, yana 15%i Svazyan Norik Vanikovichga tegishli bo‘lgan. Korporativ axborot yagona portalida ta’sischilar tarkibi ochiqlanmagan, unda faqat “aksiyadorlar” ko‘rsatilgan.
Biroq “Pay Way” matbuot xizmatining “Spot"ga ma’lum qilishicha, ayni paytda Aleksey Moskovsevning ulushi 8,9%, Bunyod Sattarovniki — 10,39% hamda Norik Svazyanniki 6,16% ni tashkil etishini
Behzod Botirov majoritar aksiyador sifatida qolgan aksiyadorlarga aksiyalarni bozor narxida sotishni taklif qilgan. Sotib olishning boshlanish sanasi — 14-fevral, oddiy aksiya narxi — 1000 so‘m.
Andijonda ro‘yxatdan o‘tgan “Pay Way” to‘lov xizmati 2022-yil 29-iyuldan “IT Park” rezidenti hisoblanadi. 2024-yilning to‘qqiz oyi yakunlariga ko‘ra, “Pay Way” 1,3 mlrd so‘m foyda ko‘rdi.
Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda banklar amaldagi kartalar mavjudligi haqida mijozlarni xabardor qilishni boshlagani haqida yozgandi.