Xushbo‘y shamlar va diffuzerlar havoni dizel chiqindisi kabi ifloslantiradi. AQShning Perdyu universiteti olimlari turli xil aromatik diffuzorlar va shamlar ustida yangi tadqiqot o‘tkazishdi.

E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, xonada xushbo‘y vositalardan foydalanish havoning kimyoviy tarkibini o‘zgartirib, uni ko‘chadagi avtomobillarning chiqindi gazlari darajasida ifloslantiradi.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, bu nanozarrachalarni nafas olish orqali inson organizmi uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Aslida eritilgan mum va boshqa xushbo‘ylangan mahsulotlar terpenlarni, ya’ni ularning hidlari uchun javobgar bo‘lgan kimyoviy birikmalarni ajratadi.

Eritilgan mum tarkibida ko‘plab shamlarga nisbatan xushbo‘y moylar miqdori yuqori bo‘lgani sababli, u xona havosiga ko‘proq terpenlar chiqaradi.

Olimlar mumni qizdirish natijasida hosil bo‘lgan, o‘lchami 100 nanometrdan (nm) kichik bo‘lgan ushbu nanozarrachalarni o‘rganishdi.

“Hushbo‘ylashtirilgan mahsulotlar ta’sirida atigi 20 daqiqa ichida nafas olish tizimingizga 100 mlrddan 10 trlngacha bunday zarrachalar o‘rnashib qolishi mumkin,” — deyiladi tadqiqotchilarning universitet saytidagi hisobotida.

Avvalroq boshqa tadqiqot mualliflari — Kork universiteti kolleji va Goluey universiteti (Irlandiya) xushbo‘y shamlardan foydalanishning ehtimoliy zarari haqida shunga o‘xshash xulosaga kelishgan edi.

Ushbu shamlar yonganda zaharli gazlar, xususan, oltingugurt dioksidi, is gazi, azot oksidlari va uchuvchan organik birikmalar ajralib chiqishi aytiladi.

Bu moddalar yo‘tal, aksirish, ko‘zni achishtirishi va astmaning kuchayishiga olib kelishi mumkin. Uzoq muddatli istiqbolda ular yurak-qon tomir kasalliklari, o‘pka saratoni va surunkali bronxit xavfini oshirishi mumkin.


Avvalroq “Spot” sun’iy intellekt odamlarning aqliy qobiliyatini pasaytirishi haqida yozgandi.

Kundalik vazifalarni sun’iy intellektga topshirish orqali inson tanqidiy fikrlash qobiliyatini zaiflashtirib, aqliy qobiliyatlarini pasaytirishi mumkin.