AQSh hukumati samaradorlik departamenti (DOGE) va “SpaceX” kompaniyasi rahabri Ilon Mask kelasi yili Marsga sun’iy intellektga ega robotlarni yubormoqchi. Bu haqda u “X” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Marsga sayohat 26 oyda bir marta amalga oshirilishi mumkin va keyingi parvoz 2026-yil noyabr oyida rejalashtirilgan.
“Agar hammasi yaxshi bo‘lsa, „SpaceX“ Marsga „Starship“ kemalarini avtonom robotlar va „Grok“ sun’iy intellekti bilan birga jo‘natadi”, — deb yozdi Ilon Mask.
https://twitter.com/elonmusk/status/1832550322293837833
Bundan oldin, o‘tgan yilning 29-dekabrida Mask Marsda bevosita demokratiya o‘rnatishni, undan avval uni o‘zlashtirishni taklif etgan edi.
U insoniyat faqat boshqa sayyoralarni o‘zlashtirishni boshlagan taqdirdagina yashab qolishi mumkinligi haqida bir necha bor fikr bildirgan.
Avvalroq “Spot” AQShning 14 ta shtati rasmiylari Ilon Mask va Donald Trampni sudga bergani haqida yozgandi.
Da’vo arizasida ta’kidlanishicha, Maskning tayinlanishi AQSh Konstitutsiyasini buzadi, chunki u Senat tomonidan tasdiqlanishi lozim bo‘lgan vazifalarni bajarmoqda.