E’tibor qarating: Maqolada foiz stavkasi 20%dan yuqori bo‘lgan oflayn va onlayn omonatlar keltirilgan. Ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.
“Spot” milliy valyutadagi eng yuqori daromadli oflayn va onlayn omonatlarning shartlarini tahlil qildi. Banklar omonatchilarning maqsadlariga qarab turli xil omonatlarni taklif etadi: jamg‘arma omonatlari yuqori daromad bilan uzoq muddatli saqlash uchun mos, lekin ulardan erkin pul yechib olish imkoniyati yo‘q. To‘ldiriladigan omonatlar muntazam ravishda qo‘shimcha mablag‘ kiritishni xohlovchilar uchun qulay hisoblanadi. Moslashuvchanlik zarur bo‘lsa, qisman yechib olish imkoniyati mavjud omonatni tanlash mumkin. Muddatli omonatlar yuqori foizni ta’minlaydi, biroq pulni muddat oxirigacha saqlashni talab qiladi.
“Spot” omonatlarni ikki toifaga ajratdi: moslashuvchan shartli omonatlar — mablag‘larni to‘ldirish va qisman yechib olish imkoniyati mavjud bo‘lgan, hamda maksimal daromadli omonatlar — bularning shartlari odatda qat’iyroq, biroq foiz stavkalari yuqoriroq bo‘ladi.
Har ikkala holatda ham omonat ochish uchun zarur bo‘lgan minimal summa 100 ming so‘mdan boshlanadi, ammo ko‘pchilik banklarda minimal badal miqdori 1 mln so‘mni tashkil etadi. “Anor bank” va “Turon bank"da esa bu ko‘rsatkich ancha yuqori.
Ko‘pchilik banklarda omonatni muddatidan oldin yopish imkoniyati mavjud, biroq omonatda pulning saqlanish muddatiga qarab foiz stavkasi pasayishi mumkin. Banklar foizlarni to‘lashning turli xil usullarini taklif etadilar: har oyda, har kuni, shuningdek, omonat muddatining boshida yoki oxirida.
Moslashuvchan shartlardagi omonatlar
Odatda, moslashuvchan shartli omonatlar pulni to‘ldirish va qisman yechib olish imkoniyatini taqdim etadi. Qulaylik uchun qo‘shimcha mablag‘ kiritish mumkin, masalan, har oyda daromadning ma’lum qismini jamg‘arish, shu bilan birga foizlarni yo‘qotmasdan mablag‘ning bir qismini olish imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin.
Ba’zi banklar qo‘shimcha badalning eng kam miqdorini belgilaydilar. Bunday omonatlar o‘z mablag‘laridan foydalanish imkoniyatini saqlab qolgan holda, foizli daromad olishni istovchilar uchun maqbul hisoblanadi.
Ko‘pincha, mablag‘larni yechib olishda omonatda qolishi kerak bo‘lgan minimal summa minimal boshlang‘ich to‘lovga mos keladi. Bu borada “Anorbank”, “Kapitalbank” va “TBC Bank"ning shartlari qat’iyroq. Masalan, “TBC Bank"da omonatning eng kam miqdori 100 ming so‘mni tashkil etadi, biroq mablag‘larni yechib olishda hisobda kamida 10 mln so‘m qolishi kerak.
Shartlari qulay bo‘lgan banklar orasida eng yuqori foiz stavkasi “Anorbank"da bo‘lib, u yillik 25%ni tashkil etadi.
Bank nomi | Fozi stavkasi | Omonatning minimal miqdori | To‘ldirish imkoniyati | Omonat muddati |
25% | 3 mlrd / 100 mln so‘m | birinchi 13 oyda | 24 oy | |
24−25%* | 500 ming so‘m / omonat summasining 50%i | birinchi 6 oyda | 24 oy | |
24% | 100 ming so‘m / 10 mln so‘m | bor | 24 oy | |
Yangi bank | 24% | 500 ming so‘m | bor | 13 oy |
22,5% | 100 ming so‘m | bor | 18 oy | |
23% | 1 mln so‘m | bor | 25 oygacha | |
23% | 500 ming so‘m | bor | 24 oy | |
23% | 100 mln so‘m | bor | 13 oy | |
22% | 1 mln so‘m | birinchi 12 oy | 24 oy | |
22% | 10 mln so‘m | bor | 18 oy | |
22% | 500 ming so‘m | bor | 60 0ygacha | |
22% | 1 mln so‘m | birinchi 12 oy | 24 oy | |
21−22%* | 1 mln so‘m / 10 mln so‘m | bor | 25 oy | |
21−22%* | 500 ming so‘m | bor | 13 oy | |
21−22%* | 100 ming so‘m | bor | 24 oy | |
20−21%* | 1 mln so‘m | bor | 36 oygacha | |
20% | 1 mln so‘m | bor | 12 oy | |
20% | 1 mln so‘m | bor | 13 oy |
Qat’iy shartli omonatlar
Odatda, yuqori foiz stavkalariga ega omonatlar qat’iy shartlar bilan birga keladi. Ko‘pchilik banklar bunday omonatlarga pul qo‘shish imkoniyatini bermaydi, biroq ba’zi hollarda banklar dastlabki bir necha oy ichida bunga ruxsat beradi yoki minimal qo‘shish miqdorini belgilaydi.
Maqola e’lon qilingan paytda eng yuqori stavkalar “Anorbank” va “TBC Bank"da bo‘lib, u 26%ni tashkil qiladi.
Omonat muddatidan oldin yopilganda, foiz stavkasi pulning hisobvaraqda saqlanish muddatiga qarab pasaytiriladi. Ortiqcha to‘langan foizlar asosiy summadan chiqarib tashlanadi.
Bunday omonatlar o‘z jamg‘armalarini yuqori foiz bilan belgilashni istagan va ulardan butun omonat muddati davomida foydalanishni rejalashtirmagan fuqarolar uchun qulay variant hisoblanadi.
Bank | Foiz stavkasi | Omonatning minimal miqdori | To‘ldirish imkoniyati | Omonat muddati |
26% | 100 ming so‘m | yo‘q | 24 oy | |
26% | 1 mln so‘m | yo‘q | 25 oy | |
Davrbank | 25% | 100 ming so‘m | birinchi 6 oyda | 25 oygacha |
Turonbank | 24% | 300 mln so‘m | bor | 24oy |
O‘zsanoatqurilishbank | 23−24%* | 1 mln so‘m | yo‘q | 24 oy |
Ipotekabank | 22,5−23,5%* | 500 ming so‘m | yo‘q | 24 oy |
23% | 1 mln so‘m | yo‘q | 24 oy | |
23% | 100 ming so‘m | bor | 13 oy | |
23% | 100 ming so‘m | bor | 24 oygacha | |
22−23%* | 500 ming so‘m | yo‘q | 13 oy | |
Халк банк | 22% | 100 ming so‘m | bor | 24 oy |
Tenge Bank | 22% | 10 mln so‘m | bor | 13 oy |
22% | 1 mln so‘m | bor | 12 oy | |
21−22%* | 500 ming so‘m | bor | 6 oy | |
Mikrokreditbank | 21−22%* | 100 ming so‘m | bor | 24 oy |
Ziraat Bank Uzbekistan | 20% | 3 mln so‘m | yo‘q | 24 oy |
Garant Bank | 20% | 10 ming so‘m | birinchi 333 kungacha | 555 kun |
19−20%* | 1 mln so‘m | yo‘q | 13 oy |
*omonatning foiz stavkasi uni onlayn yoki oflayn ochish usuliga qarab farqlanishi mumkin.