Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.
20-fevral kuni ta’mirlash ishlari sabab soat 10:00dan 18:00gacha Mirzo Ulug‘bek tumanining belgilangan hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.
- Aholi iste’molchilari soni: “Sarbon”, “Mevazor” va “Gulzorobod” MFYlaridagi 484 ta yerli xonadon
- Ulgurji iste’molchilar soni: 6 ta
Qayd etilishicha, ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.
Avvalroq “Spot” ikki yarim oyda 133 mln kub metr gaz talon-toroj qilingani haqida yozgandi.
Bu hajmdagi tabiiy gaz 266 ming xonadonning bir oylik meʼyoriy bazasi yoki metan zapravkalarning 10 kun davomida uzluksiz ishlashiga yetarli hisoblanadi.