“Instagram"da yangi funksiyalar paydo bo‘ladi. “The Verge” nashri yangilanishlar haqida ma’lumot bermoqda.
Xususan, ijtimoiy tarmoq shaxsiy suhbatlarda xabarlarni tarjima qilish imkoniyatini qo‘shdi. Hozircha 99 ta til mavjud. Tarjima asl xabarning ostida ko‘rinadi.
Endi foydalanuvchilar ilovadan chiqmagan holda musiqani ulashishlari mumkin. Qo‘shiqlar katalogi xabar kiritish qatoridagi stikerlar bo‘limida joylashgan. “Meta” ma’lumotiga ko‘ra, qabul qiluvchi 30 soniyalik namuna parchasini tinglash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Foydalanuvchilar shaxsiy yoki guruh chatining yuqori qismiga matn, rasm yoki Reels kabi muayyan xabarlarni mahkamlashi mumkin. Mahkamlangan xabarlarni ushlab turish orqali boshqarish mumkin.
Yana bir yangilanish — foydalanuvchilarni guruh chatiga moslashtirilgan QR-kod yordamida qo‘shish imkonini beruvchi funksiya. Guruh chatida uning nomini, keyin taklif havolasini va QR-kodni bosish kerak.
Kechiktirilgan xabarlar funksiyasi paydo bo‘ldi: endi xabarlarni to‘rt haftagacha oldindan yuborishni rejalashtirish mumkin. Buning uchun “Yuborish” tugmasini bosib turish kerak bo‘ladi.
Avvalroq “Spot” “Instagram” izohlardagi dizlayk funksiyasini sinovdan o‘tkazayotgani haqida yozgandi.
Ijtimoiy tarmoq rahbari Adam Mosserining qayd etishicha, mazkur funksiya izohlarni yanada do‘stona qilishga yordam beradi.