Qirg‘iziston 2026-yildan dori ishlab chiqarishni to‘xtatishi mumkin. Bu haqda Savdo-sanoat palatasida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Qirg‘izistonda mahalliy ishlab chiqarilgan dori-darmonlarning ulushi juda past bo‘lib, taxminan 2−3%ni tashkil etadi.
Savdo-sanoat palatasining farmatsevtika va tibbiy faoliyat qo‘mitasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, 2026-yil boshiga kelib mahalliy dori ishlab chiqaruvchilar faoliyati to‘xtatilishi mumkin.
Bu milliy ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomalarining amal qilish muddati tugashi, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini YOII talablariga muvofiqlashtirish uchun vaqt yetishmasligi (joriy yil oxirigacha) va boshqa masalalar bilan bog‘liq holat hisoblanadi.
Ma’lum qilinishicha, Qirg‘izistonda milliy tartib bo‘yicha jami 6 mingga yaqin dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ulardan YOII qoidalariga muvofiq, 2025-yil fevral oyiga kelib, atigi 200ga yaqini ro‘yxatga olingan. Bu holat 2026-yilda dori-darmonlar bilan ta’minlashda jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Uchrashuvda dori-darmonlarni, jumladan ro‘yxatdan o‘tgan va ba’zan hatto arzon preparatlarni yetkazib berishdagi uzilishlar muammosi ham ta’kidlandi.
Ayrim dorilar bozorda uzoq vaqt davomida mavjud bo‘lmaydi, shu sababli bemorlar ularni o‘zlari buyurtma qilishga majbur bo‘lmoqdalar.
Avvalroq “Spot” Kuvayt kompaniyasi O‘zbekiston farmatsevtika sanoatiga $260 mln investitsiya kiritishi haqida yozgandi.
“Gulf Care” beshta hududda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi hamda diagnostika markazlari va laboratoriyalarni ochadi.