Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketiga rozi bo‘ldi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 16-paketi mamlakatning alyuminiy sanoatiga qaratilgan va ular neft eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni yanada oshiradi.

Sanksiyalar yana 13 ta bankka, Moskva tomonidan neft xomashyosi eksporti uchun foydalaniladigan soyadagi 73 ta tankerga va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga Rossiyaning ba’zi turdagi alyuminiy mahsulotlarini sotib olishni taqiqlashga qaratilgan.

Alyuminiy importini taqiqlash g‘oyasi oldin muhokama qilingan, ammo ba’zi a’zo davlatlarning uning iqtisodiy oqibatlaridan xavotirda bo‘lganligi sababli ma’qullanmagan.

Rossiyaning qayta ishlanmagan alyuminiysi Yevropa Ittifoqiga alyuminiy importining taxminan 6%ini tashkil qiladi va bu ulush so‘nggi yillarda kamaydi, chunki Yevropa ishlab chiqaruvchilari Rossiya yetkazib beruvchilaridan uzoqlashdi.

“Biz Kremlga bosim o‘tkazishni davom ettirishga qaror qildik,” — dedi Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen.

Chorshanba kuni elchilar o‘rtasidagi kelishuv ataylab bosqinning uch yilligiga moslashtirilgan bo‘lib, Komissarlar hay’ati buni Kiyevga qo‘shma tashrif buyurish bilan nishonlamoqchi. Bu 2022-yil fevralidan beri joriy etilgan 16-cheklovlar to‘plami hisoblanadi.


Avvalroq “Spot” Rossiyaning “Utair” aviakompaniyasi va “PIK” quruvchi kompaniyasi Yevropa Ittifoqining 15-sanksiyalar paketiga kirgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, 30ta kompaniya va 54ta jismoniy shaxs, jumladan, Xitoy va KXDRning to‘qqiz nafar fuqarosi va kompaniyalari cheklovlarga uchradi.