Buxoro shahridagi ko‘p qavatli turar-joy binosida 1,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
“O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazilgan.
Unda Buxoro shahrida fuqaro A. M. ga qarashli ko‘p qavatli turar-joy binosidagi lift qurilmalarini shartnoma rasmiylashtirmasdan, tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 277 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Avvalroq “Spot” uchta hududda 1 mlrd so‘mdan ortiq elektr energiyasi va tabiiy gaz talon-toroj qilingani haqida yozgandi.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida fuqarolar elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.