Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.

21-fevral kuni ta’mirlash ishlari sabab Shayxontohur, Chilonzor va Uchtepa tumanlarining belgilangan hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.

Xususan:

Shayxontohur tumani (soat 10:00dan 18:00gacha)

  • Aholi iste’molchilari soni: “Katta Oqtepa” MFYdagi 400 ta yerli xonadon.

Chilonzor tumani (soat 10:00dan 19:00gacha)

  • Aholi isteʼmolchilari soni: “M-R Oqtepa” MFYdagi 20 ta ko‘p qavatli uy, “Sohil bo‘yi” MFYdagi 31 ta ko‘p qavatli uy.

Uchtepa tumani (soat 10:00dan 18:00gacha)

  • Aholi isteʼmolchilari soni: “Cho‘ponota” MFYdagi 450 ta yerli xonadon.

Ulgurji isteʼmolchilar soni: Shayxontohur tumanida 4 ta, Chilonzor tumanida 15 ta, Uchtepa tumanida 10 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.