“Tesla” rul kuchaytirgichidagi muammolar tufayli bir qator modellardagi 376 mingdan ortiq mashinani qaytarib olmoqda.
Qayd etilishicha, “Tesla” 2023-yilda ishlab chiqarilgan ayrim “Model 3” va “Model Y” avtomobillarini 2023.38.4 versiyasigacha bo‘lgan dasturiy ta’minotli modellarini chaqirib olmoqda.
AQSh Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi e’lon qilgan hujjatga ko‘ra, 376 241 ta avtomobil qaytarib olinishi kerak.
Xabarda aytilishicha, elektron rul kuchaytirgichining bosma platasi ortiqcha kuchlanishga duch kelishi mumkin, bu esa avtomobil to‘xtab, so‘ngra yana tezlashganda rul kuchaytirgichining o‘z vazifasini bajarmasligiga olib keladi.
Relizda aytilishicha, kompaniya dasturiy ta’minotning bepul yangilangan versiyasini (OTA) chiqargan bo‘lib, “Tesla” 25-mart kuni ogohlantiruvchi xatlarni yuborishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq “Tesla” yana 27 mingdan ortiq “Cybertruck” elektromobilini qaytarib olishi haqida xabar berilgandi.
Qayd etilishicha, qaytarib olishga orqani ko‘rish kamerasi tasvirlarini ko‘rsatishdagi kechikishlar sabab bo‘lgan.