Banklardagi so‘mdagi eng daromadli omonatlar. 2025-yil fevral oyi bo‘yicha

“Spot” omonatchilarning maqsadlariga ko‘ra omonatlarni ikki toifaga: moslashuvchan shartli hamda maksimal daromadli omonatlarga ajratdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Savdogarlar patta narxi oshganidan norozi. Bozor mas’ullari nima deydi?

“Spot” patta narxining oshgani sabab “Eski Juva” dehqon bozoridagi savdogar va bozor mas’ullari bilan suhbatlashib, holatni o‘rgandi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Anhor Park savdo markazi yopilmoqda. Nimalar sodir bo‘ldi?

“Spot” ijtimoiy tarmoqlarda park o‘rnida turar-joy majmuasi qurilishi rejalashtirilgani borasidagi vaziyatni o‘rganib chiqdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Ikki yarim oyda 133 mln kub metr gaz talon-toroj qilingan.
    Bu hajmdagi tabiiy gaz 266 ming xonadonning bir oylik meʼyoriy bazasi yoki metan zapravkalarning 10 kun davomida uzluksiz ishlashiga yetarli hisoblanadi.
  2. Endi mehnat ta’tiliga haq to‘lashda yakshanba kuni hisobga olinmaydi.
    Bundan tashqari, 18 yoshgacha bo‘lganlarga o‘rindoshlik asosida ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
  3. O‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga 100 mln so‘mgacha imtiyozli mikroqarz beriladi.
    1-apreldan har oyda 1 ta hududda “investor kun"lari o‘tkaziladi. Hududlarda “Yoshlar biznes-inkubatori” markazlari tashkil qilinib, tadbirkorlikni boshlagan yoshlarga yordam beriladi.
  4. Banklar 12 oydan ortiq vaqt ichida faol bo‘lmagan bank kartalarini bloklashi mumkin.
    “Humo” to‘lov tizimi foydalanuvchilardan bir yildan ortiq vaqt ichida amaliyotlar bajarilmayotgan kartalarni bot orqali vaqtinchalik bloklashni tavsiya qildi.
  5. Mobil qurilmalarni aeroportning o‘zida UzIMEIda ro‘yxatdan o‘tkazish majburiy emas — Bojxona qo‘mitasi
    Fuqarolar yangi yoki ro‘yxatdan o‘tkazilmagan mobil qurilmalarning IMEI kodlarini deklaratsiyada ko‘rsatishlari kerak. Ularni ro‘yxatdan o‘tkazish esa 30 kun davomida UzIMEI tizimida amalga oshirilishi mumkin.
  6. Jarima ballari 12 balldan oshgan haydovchilar avtomobil boshqarish huquqidan mahrum etiladi.
    Jarima ballari birinchi huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi hamda belgilangan miqdorga yetganda, transport vositasini boshqarish 6 oygacha taqiqlanadi.
  7. Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan chegarada transport nazoratini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
    Shuningdek, Tojikiston bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish taklif qilinmoqda.
  8. Smartfonsiz ikki hafta miyani 10 yilga yoshartiradi — tadqiqot.
    Qayd etilishicha, smartfondan voz kechgan ishtirokchilar e’tibor testlarini muvaffaqiyatli topshirib, ekranda o‘tkazadigan vaqti o‘rtacha besh soatdan uch soatgacha qisqartirgan.
  9. O‘zbekistonliklar Germaniyaga ishga qabul qilinmoqda. Oylik maosh — 3000 yevro.
    Yuk avtomobili haydovchilari dastlab kasbga qayta tayyorlanib, undan keyin imtihondan muvaffaqiyatli o‘tganlar bilan 3 yillik mehnat shartnomasi imzolanadi.
  10. Qanday qoidabuzarliklar uchun haydovchilarga jarima ballari belgilanadi?
    Shuningdek, odam tashish qoidalarini buzganlar 750 ming so‘m, tezlikni soatiga 60 kmdan ortiqqa oshirganlar esa 5,6 mln so‘mdan ortiq jarimaga tortiladi.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabalari Yaponiya kompaniyalarida ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi

Yaponiyaning yirik kompaniyalari bilan yangi hamkorlik loyihasi amaliyot o‘tash va ishga joylashish imkoniyatlarini ochadi.

Delta Security biznes va uy uchun videokuzatuv tizimlarini taklif etadi

Delta Security yuqori sifatli videokuzatuv tizimlarini taklif qiladi, ular kuniga 24 soat davomida nazoratni ta’minlab, ishonchli himoyani kafolatlaydi.