Andijon, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tumani bo‘limi tomonidan tadbir o‘tkazilgan.
Unda “M-S.B.” MCHJ mas’ul shaxslari MCHJ binosida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olgani aniqlangan.
Buning natijasida 300,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Shu kabi, Departamentning Narpay tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Tekshiruvda aniqlanishicha, fuqaro Q.F. “Guliston” MFY hududidagi noturarjoy binosida tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanib olgan.
Buning natijasida 125 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Sirdaryo tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro R.M. “Kamolot” MFY hududidagi xonadonida isitish pechlarini tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan gaz tarmog‘iga ulab olgani aniqlangan.
Natijada 119 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Toshkent shahri va Andijon viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari fosh etildi.
Departamentning Olmazor va Sergeli tumani bo‘limlari tomonidan ham tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilgan.
Unda fuqarolar A.A. va J.M. o‘zlarining xonadonlarida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib olgani aniqlangan.
Buning natijasida jami 308,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Shu kabi, Departamentning Asaka tumani bo‘limi, “O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyati boshqarmasi va Asaka TETK xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda aniqlanishicha, “Z.” MCHJ mas’ul shaxslari Asaka TETK mansabdor shaxslari bilan o‘zaro til biriktirib, “Yangisor” MFY hududidagi choyxona binosida elektr hisoblagichga tashqi ta’sir o‘tkazgan.
Tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulanib, 175,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 185−2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergovga harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq “Spot” Buxoroda 1,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani haqida yozgandi.
Xususan, fuqaro ko‘p qavatli turar-joy binosidagi lift qurilmalarini shartnoma rasmiylashtirmasdan, tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.