“Instagram” va “Facebook” sanksiyalar bekor qilinganidan keyin ham Rossiyaga qaytmaydi. Bu haqda “Mash” Telegram-kanali Davlat dumasi deputati Sergey Boyarskiyga tayanib xabar berdi.
AQSh bilan munosabatlar yaxshilashganiga qaramay, Rossiya “Instagram” va “Facebook” kabi platformalarni blokdan chiqarmaydi.
Telegram-kanalning yozishicha, “Meta” kompaniyasi hech bo‘lmaganda Rossiya huquqiy tizimiga qo‘shilishga tayyorligini bildirishi kerak.
Deputat Sergey Boyarskiyning aytishicha, mamlakatda allaqachon o‘zining raqobatbardosh platformalariga ega, G‘arb kompaniyalari esa xatolarini tuzatishga intilmayapti.
Bundan tashqari, serverlar, ma’lumotlar sizib chiqishi va senzura bilan bog‘liq hal qilinmagan masalalar hali ham mavjud. “Meta” qoidalarga muvofiq ish olib borish istagini bildirmaguncha, uning blokirovkadan chiqarilishi mumkin emas.
Avvalroq “Instagram” Rossiya hududida ma’lum talablarga rioya qilgan holda faoliyatini qayta boshlashi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Davlat dumasi vitse-spikeri Boris Chernishov bunday imkoniyat qanday sharoitlarda yuzaga kelishi mumkinligi haqida qayd etdi.
Uning qayd etishicha, agar platforma rahbariyati “TikTok"ning AQShdagi tajribasini takrorlashga qaror qilsa, “Instagram” Rossiyada qonuniy faoliyatini qayta boshlashi mumkinligini ta’kidladi.
Gap “Instagram"ning 50%lik ulushini rossiyalik investorlarga sotish imkoniyati haqida bormoqda.Chernishov agar bunday kelishuv amalga oshsa, ijtimoiy tarmoq Rossiyada yana faoliyatiga ruxsat berilishi mumkinligini aytib o‘tgandi.
Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi boshlanganidan ko‘p o‘tmay, “Instagram” mamlakat hududida bloklandi. Ijtimoiy tarmoq ilovasi 2022-yil 14-martda rossiyaliklar uchun ochilmay qo‘ydi.
Avvalroq “Spot” “Instagram"da shaxsiy xabarlarni tarjima qilish va rejalashtirish funksiyasi qo‘shilgani haqida yozgandi.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqdagi yangilanishlar orasida xabarlarni mustahkamlash va foydalanuvchilarni guruh chatiga moslashtirilgan QR-kod yordamida qo‘shish kabilar bor.