Jizzax shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelish holatlari fosh etildi.
“O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida nazorat tadbirida o‘tkazilgan.
Unda Jizzax shahri “A.Navoiy” MFYda joylashgan “V.” tashkiloti binosida gaz ta’minoti tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 247,7 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.
Shuningdek, bu kabi holat Jizzax shahridagi “Olmazor” MFY binosida ham kuzatilib, gaz tarmog‘iga hisoblagichsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib olgani aniqlangan.
Buning natijasida esa 198,5 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Avvalroq “Spot” to‘rtta hududda 1 mlrd so‘mdan ortiq elektr energiyasi va tabiiy gaz talon-toroj qilingani haqida yozgandi.
Xususan, Toshkent shahri, Andijon, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida fuqarolar elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.