Qashqadaryo viloyatida 1,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi fosh etildi.
“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazilgan.
Unda Koson tumani “Obron” MFYda joylashgan “M. S.” fermer xo‘jaligi 4 ta suv nasos qurilmalarini elektr hisoblagichdan tashqari ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 702 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Avvalroq “Spot” to‘rtta hududda 1 mlrd so‘mdan ortiq elektr energiyasi va tabiiy gaz talon-toroj qilingani haqida yozgandi.
Xususan, Toshkent shahri, Andijon, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida fuqarolar elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.