Qoraqalpog‘istonda 608 mln so‘mlik bojxona to‘lovlaridan qochgan tadbirkor aniqlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qoraqalpog‘iston bojxona boshqarmasi “Nukus” TIF, “MED” bojxona postlari va tovarlarni tasniflash tuzilmasi xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlaridan birining nomiga olib kirilgan gazga ishlov berish qurilmasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Olib kirilayotgan mazkur tovar uchun bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilgan kod bo‘yicha tovarga go‘yo bojxona to‘lovlaridan imtiyoz taqdim qilinishi kerak edi.

Qayd etilishicha, bojxona ko‘rigidan o‘tkazilishi jarayonida olib kirilgan tovar hujjatlarda boshqa tovar kodi ostida taqdim etilgani holati aniqlandi

Tayinlangan bojxona ekspertizasi xulosasi ham tovar kodi pozitsiya va subpozitsiyalarida o‘zgarishlar borligini tasdiqladi.

Olib kirilgan tovar bo‘yicha 608 mln so‘m miqdorida qo‘shimcha bojxona to‘lovi hisoblanib, davlat budjetiga undirildi.


Avvalroq “Spot” bojxona postlarida haydovchilar uchun elektron navbat joriy etilishi haqida yozgandi.

Qo‘shimcha to‘lov evaziga bojxona nazoratidan navbatsiz (Fast Track) o‘tish imkoniyati taqdim etiladi.