E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan.


Markaziy bankning 25-fevral holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 899,91 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 21-fevral kuni belgilangan 12 916,18 so‘m qiymatga nisbatan 16 so‘m 27 tiyinga qimmatladi.

14-fevral kuni sotish kursi “KDB Bank Uzbekistan”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Ziraat Bank Uzbekistan”, “Orient finans bank”, “Ipotekabank” va “Infinbank"da 12 960 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12 955 so‘mdan 12 860 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12 895 so‘mdan 12 840 so‘mgacha yetdi.


13-fevral kuni dollarning rasmiy kursi yangi rekord darajani qayd etdi. Xususan, AQSh valyutasining rasmiy kursi bir kunda 14 so‘m 88 tiyinga ko‘tarilib, 13 003,95 so‘mni tashkil qildi.

Dekabr oyida “Spot” tahlilchilar bilan 2024-yilda so‘mning qadrsizlanishi sabablari, milliy valyuta mustahkamlanishidagi risklar va 2025-yilda almashuv kursiga ta’sir qiluvchi omillar haqida suhbatlashdi.

Ekspertlar joriy yil yakuni bo‘yicha dollar kursi 13 340−14 ming so‘m oralig‘ida shakllanishini kutmoqda. Milliy valyuta oltinning sotilishi va o‘sishiga, jalb qilinadigan xorijiy kreditlar va investitsiyalarga, Markaziy bank siyosatiga, transchegaraviy o‘tkazmalar hajmiga, import oshishiga hamda global iqtisodiyot holatiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.

2024-yilda so‘mning real samarali almashuv kursi (REER) 5,9% ga mustahkamlandi. Markaziy bank joriy yilning ikkinchi yarmida almashuv kursi o‘rta muddatli trend darajasiga qaytishini kutmoqda.

Avvalroq “Spot” yanvar oyida O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qanday o‘zgargani haqida xabar bergandi.