“Green Tech Hackathon 2025” musobaqasiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

Unda atrof-muhit va toza texnologiyalar sohasida innovatsion yechimlar yaratadigan iste’dodli ixtirochilar ishtirok etishi mumkin.

Xakatonda barqaror rivojlanish va texnologiyalarga qiziquvchi talabalar, mutaxassislar va tadbirkorlar ishtirok eta oladi.

Tadbirda quyidagilar bo‘lib o‘tadi:

  • MVPni tezkor ishlab chiqish;
  • mentorlik va seminarlar;
  • sohaning yetakchi mutaxassislaridan ma’ruzalar;
  • yakuniy loyiha taqdimotlari va mukofotlash.

Tadbir 18−19-mart — INHA universitetida, 20-mart — Raqamli texnologiyalar vazirligida o‘tkaziladi.

Xakatonda ishtirok etishni xohlovchilar ro‘yxatdan o‘tish uchun havola orqali so‘rovnomani to‘ldirishi talab etiladi.


Avvalroq “Spot” Angel Connect xakatoniga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.

Tadbirda 5 kishidan iborat jamoalar ishtirok etishi mumkin bo‘lib, buning uchun ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.