Qirg‘iziston Jogorku Keneshining budjet, iqtisodiy va fiskal siyosat qo‘mitasi milliy raqamli valyutaning huquqiy maqomi masalalari bo‘yicha ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qildi.
Qonun loyihasi “raqamli som” milliy raqamli valyutasining tajriba-sinov namunasini ishga tushirish, shuningdek, uning huquqiy asoslari va maqomini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan. Shu sababli, qonun loyihasini 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiritish taklif etilmoqda.
Qayd etilishicha, mazkur qonun kuchga kirgach, Milliy bank “raqamli som” raqamli valyutasi prototipini sinov tariqasida ishga tushiradi.
Qirg‘iziston Milliy banki vakillarining deputatlarga tushuntirishicha, hozircha dunyoning birorta davlati raqamli valyutani to‘liq joriy etmagan.
130 ta mamlakat joriy etish yo‘lida bo‘lib, ba’zi joylarda u allaqachon sinov rejimida ishlashni boshlagan. Bashoratlarga ko‘ra, 2030-yilga kelib 130 ta davlatdan atigi 7 tasi raqamli valyutaga o‘tadi.
Qo‘mita majlisida deputat Dastan Bekeshev ma’lumot berishicha, Rossiyada raqamli valyutaga o‘tish haqida gap boshlanganda, ko‘pchilik bu davlatning aholining pullarini nazorat qilish maqsadida qilinayotganidan xavotirga tushgan. Ya’ni, kimda qancha pul borligi, kim va qanday sarflayotgani hamda boshqa shu kabi masalalar davlat nazoratiga o‘tishidan qo‘rqishgan.
Dastan Bekeshev Milliy bank xodimlaridan buni regulyatorning maqsadlaridan biri ekanligini so‘raganda, bank vakillari bu fikrni inkor etishdi.
Avvalroq “Spot” Qozog‘iston sinov rejimida raqamli tengeni ishga tushirgani haqida yozgandi.
Mamlakatdagi mavjud to‘lov kartalari raqamli tenge platformasi bilan integratsiya qilinadi, bu esa undan istalgan mamlakatda to‘lov vositasi sifatida foydalanish imkonini beradi.