Xalqda ko‘p uchraydigan holatni ifodalaydigan “Bo‘zchi belbog‘ga yolchimas” degan maqol bor. Minim – bu neyming, logotip, qadoq dizayni, to‘g‘ri pozitsiyalash va aydentika (maxsus uslub) yordamida brendlarni muvaffaqiyatli qiladigan agentlik. Shu kungacha yuzlab katta va kichik brendlarga shu yo‘nalishda yordam berib kelgan. Ammo bozor o‘zgarmoqda, agentlik rivojlanmoqda, qamrov global miqyosga kengaymoqda. Shu bois agentlik uchun ham yangilanish vaqti keldi. Belbog‘siz bo‘zchi bo‘lib qolmaslik uchun Minim rebrending o‘tkazdi va endi yangi uslub uning faoliyati va maqsadlarini aniq aks ettiradi.

Nima uchun Minim yangilanishga qaror qildi:

  • logotipni o‘qish qiyinchilik tug‘dirdi – bir qarashda o‘qib olish qiyin, yaxlit ko‘rinishga ega emasdi va oson esda qolmasdi;
  • yagona aydentika yo‘q – kommunikatsiyada turli elementlardan foydalanilgani bois yagona tizimli obraz yo‘q edi, o‘zaro monand aydentika muhim edi;
  • zamonaviy trendlarga mos emas – eski uslub agentlik faxrlanadigan xislatlar, ya’ni o‘sish-rivojlanish, kreativlik va professionallikni aks ettirmasdi;
  • qo‘llashda qiyinchilik – avvalgi logotip turli formatlarga moslashuvchan emasdi, masalan, ikonka ko‘rinishida qo‘llab bo‘lmasdi;
  • strategiya va tuzilmaning yangilanishi – agentlik o‘z qamrovini kengaytirdi, xalqaro bozorga chiqdi, biznes jarayonlarini tizimlashtirdi va jamoani kuchaytirdi. Yangi daraja shunga mos vizual obrazni talab qildi.

minim, reklama

Minim o‘zgarishlari

Brend DNKsini saqlab qolgan holda logotip yangilandi, u ancha zamonaviy va minimalistik ko‘rinishga keltirildi. Dizayn raqamli va muhr formatlariga adaptiv, ya’ni moslashuvchan bo‘ldi.

Shuningdek, yagona aydentika ham yaratildi, u brend haqida vizual tasavvur hosil qilishga yordam beradi.

                                                                    Oldingi logotip                                                                    Oldingi logotip 

                                                                     Hozirgi logotip                                                                     Hozirgi logotip

Yana bir asosiy o‘zgarishlardan biri — nomning soddalashtirilishi. Uzun Minim | Brand Design nomi o‘rniga endi Minim Design nomi ishlatiladi — anchagina sodda, oson talaffuz qilinadi.

Eng asosiysi esa yangi logotipda agentlikning muhim qadriyatlaridan biri aks ettirildi. Minim o‘z mijozlariga har bir bosqichda qadamma-qadam rivojlanishga ko‘maklashadi. Yangi uslub vizual jihatdan aynan yuksalish, doimiy harakat va qo‘llab-quvvatlash g‘oyasini aks ettiradi.

minim, reklama

«Biz rebrending haqida anchadan beri o‘ylab yurgandik va o‘ylaymanki, buni o‘z vaqtida va muvaffaqiyatli amalga oshirdik. Yangi uslub bizning falsafamiz professional yondashuvimizni ko‘rsatib beradi — ya’ni biz kompaniyalarga qadamma-qadam rivojlanib borishga yordam beramiz. Logotipda aynan shu g‘oya aks etgan — rivojlanish, yuksalish, dinamika, to‘xtovsiz olg‘a harakat” — izoh berdi agentlik asoschisi va rahbari Lazizxo‘ja Sharipov.

minim, reklama

Har qanday muvaffaqiyatli biznes vaqti kelib o‘zgarishi kerak bo‘ladi. Asosiysi — buni o‘z vaqtida va to‘g‘ri amalga oshirish. 

Agar brend yangilanishga muhtoj bo‘lsa, Minim jamoasi unikal va brend auditoriyasiga mos kuchli vizual uslub yaratishga yordam beradi.

Brendni taniqli, zamonaviy qilishni va bozor talablariga moslashtirishni Minim agentligiga ishonib topshirish mumkin.

Telefonlar: (+998) 97-400-04-13, (+998) 95-540-00-05.

Email: info@minim.uz
Sayt: minim.uz
Instagram: @minimbranddesign
Telegram: t.me/minim_design

Reklama huquqlari asosida.