O‘zbekistonda dollarning rasmiy ketma-ket pasayishda davom etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 879,95 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 4 so‘m 67 tiyinga pasaydi.

13-fevral kuni dollarning rasmiy kursi yangi rekord darajani qayd etdi. Xususan, AQSh valyutasining rasmiy kursi bir kunda 14 so‘m 88 tiyinga ko‘tarilib, 13 003,95 so‘mni tashkil qildi.

Dekabr oyida “Spot” tahlilchilar bilan 2024-yilda so‘mning qadrsizlanishi sabablari, milliy valyuta mustahkamlanishidagi risklar va 2025-yilda almashuv kursiga ta’sir qiluvchi omillar haqida suhbatlashdi.

Ekspertlar joriy yil yakuni bo‘yicha dollar kursi 13 340−14 ming so‘m oralig‘ida shakllanishini kutmoqda. Milliy valyuta oltinning sotilishi va o‘sishiga, jalb qilinadigan xorijiy kreditlar va investitsiyalarga, Markaziy bank siyosatiga, transchegaraviy o‘tkazmalar hajmiga, import oshishiga hamda global iqtisodiyot holatiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.

2024-yilda so‘mning real samarali almashuv kursi (REER) 5,9% ga mustahkamlandi. Markaziy bank joriy yilning ikkinchi yarmida almashuv kursi o‘rta muddatli trend darajasiga qaytishini kutmoqda.

Avvalroq “Spot” yanvar oyida O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qanday o‘zgargani haqida xabar bergandi.