Namangan viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi.

“O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan “M.X.F.” MChJga qarashli binoda ta’minot korxonasi bilan shartnoma rasmiylashtirmasdan, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 346,7 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida ham nazorat tadbiri o‘tkazilgan.

Unda Kasbi tuman obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli binoning elektr qurilmalari hech qanday shartnomasiz elektr tarmog‘iga ulanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 263,9 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.


Avvalroq “Spot” Qashqadaryoda 1,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani haqida yozgandi.

Xususan, Koson tumanida fermer xo‘jaligi 4 ta suv nasos qurilmalarini elektr hisoblagichdan tashqari ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.