Qozog‘istonda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan bo‘sh g‘alla tashuvchi vagonlarni olib kirish taqiqlandi. Bu haqda “Logistan” nashri ma’lum qildi.

“„Qozog‘iston temir yo‘llari“ O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan Qozog‘istonning barcha temir yo‘l stansiyalariga bo‘sh g‘alla tashuvchi vagonlarni kiritishga vaqtinchalik taqiq joriy etdi”, deyilada xabarda.

Cheklovlar 2025-yil 26-fevraldan 8-martgacha amalda bo‘ladi. Biroq, mamlakat temir yo‘l kompaniyasi taqiq joriy etilishining sabablarini ko‘rsatmagan.

Avvalroq Qozog‘istondan O‘zbekistonga olib kelinayotgan 1000 tonnaga yaqin kartoshka chegarada chirib ketgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekiston yuborilgan 43 ta vagon sabzavot chegarada fitosanitar tekshiruvdan o‘tkazish uchun to‘xtatilgan. Ular 10 kundan ortiq vagonda qolib ketgani sababli muzlab, yaroqsiz holga kelgan.


Avvalroq “Spot” Transafg‘on temir yo‘li qurilishi 2025-yilda boshlanishi haqida yozgandi.

Ilhom Mahkamov O‘zbekiston Eron va Pokiston portlariga chiqish uchun temir yo‘lni uzaytirish bo‘yicha donorlar bilan muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Afg‘oniston Xayraton-Mozori-Sharif temir yo‘li bo‘yicha shartnomani uzaytirgani haqida xabar berildi.

“Sogdiana trans” mazkur temir yo‘liga xizmat ko‘rsatuvchi operator sifatida saqlanib qoladi.