Hukumatning 24-fevral kuni qabul qilingan qarori bilan kichik biznesga ko‘maklashish markazlari yordamida ishlab chiqilgan loyihalar bo‘yicha xarajatlarni qoplash to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, import qilinadigan asbob-uskunalarni sug‘urtalash hamda xomashyo va materiallarni sertifikatlash xarajatlarining 50% gacha qismi, biroq BHMning 30 baravari (11,25 mln so‘m) dan oshmagan miqdori qoplab beriladi.

Buning uchun arizalar Biznes portal orqali elektron tarzda qabul qilinadi Unda ariza va buyurtmanoma to‘ldirish hamda belgilangan hujjatlarni ilova qil qilish kerak.

Arizalarni Kichik biznesga ko‘maklashish markazi 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi. Undan keyin xarajatlarning bir qismini qoplash yoki qoplab berishni rad etish to‘g‘risida xulosa chiqariladi hamda talabgor xabardor qilinadi. Xulosani portal orqali elektron taqdim etiladi.

Qabul qilinigan arizalar yuzasidan markaz xulosalarni ilova qilgan holda, hafta yakuni bo‘yicha keyingi haftaning birinchi ish kunida Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasiga buyurtmanoma yuboradi.

Jamg‘arma taqdim etilgan buyurtmanoma asosida 3 ish kuni davomida xulosada ko‘rsatilgan talabgorning bank hisobvarag‘iga tegishli mablag‘larni o‘tkazib beradi. Mazkur tartib joriy yil yakunigacha amal qiladi.

Avvalroq harbiylarga ijara to‘lovlarini qoplashga beriladigan pul miqdori oshirilayotgani haqida xabar berilgandi. 1-iyundan uy sotib olish yoki qurish uchun ipoteka kreditiga ajratiladigan boshlang‘ich to‘lov miqdori uy-joy qiymatining 35%i miqdorida belgilanadi.