“The Wall Street Journal” “supermilliarderlar"ning yangi reytingini e’lon qildi.

1987-yilda “Forbes” jurnali birinchi marta milliarderlar reytingini e’lon qilganda, dunyodagi eng boy odam yaponiyalik magnat Yoshiaki Tsutsumi bo‘lib, uning boyligi $20 mlrdni tashkil etgan edi.

Yangi reytingning bugungi kundagi yetakchisi $419,4 mlrd boylik bilan Ilon Mask bo‘lib, bu Tsutsumining o‘sha paytdagi boyligidan 21 barobar ko‘pdir.

Bugungi kunda dunyoda boyligi $50 mlrddan ortiq bo‘lgan 24 nafar kishi mavjud. Fevral oyi boshida o‘ta boy milliarderlarning umumiy boyligi $3,3 trlnga yetib, bu Fransiya yalpi ichki mahsulotidan ko‘p hisoblanadi.

Bu barcha oddiy milliarderlar umumiy kapitalining 16%ini tashkil etadi. “Altrata” kompaniyasi o‘zining eng boy tadbirkorlar va qolgan milliarderlar o‘rtasidagi farq tobora ortib borayotgani haqidagi tadqiqotida shunday ma’lumotlarni keltirgan.

“O‘z guruhidagi milliarderlar orasidagi farq tobora yaqqolroq ko‘zga tashlanmoqda,” — deb ta’kidlaydi Altrata tahliliy yo‘nalishi rahbari Maya Imberg.

Quyidagi jadvalda dunyoning eng boy 24 super milliarderi va ularning asosiy bizneslari keltirilgan:


Ismi
Boylik (dollarda, mlrd)
Asosiy biznes
1
Ilon Mask
419,4
Tesla
2
Jeff Bezos
263,8
Amazon
3
Bernar Arno
238,9
LVMH
4
Lourens Allison
237,0
Oracle
5
Mark Sukerberg
220,8
Meta
6
Sergey Brin
160,5
Alphabet
7
Stiv Balmer
157,4
Microsoft
8
Uorren Baffet
154,2
Berkshire Hathaway
9
Jeyms Uolton
117,5
Walmart
10
Samuel Robson Uolton
114,4
Walmart
11
Amansio Ortega
113,0
Inditex
12
Elis Uolton
110,2
Walmart
13
Jensen Xuan
108,4
NVIDIA
14
Bill Geyts
106,0
Microsoft
15
Maykl Blumberg
103,4
Bloomberg
16
Larri Peyj
100,9
Alphabet
17
Mukesh Ambani
90,6
Reliance Industries
18
Charlz Kox
67,4
Koch Industries
19
Juliya Kox
65,1
Koch Industries
20
Fransuaza Bettankur-Mayers
61,9
L’Oréal
21
Gautam Adani
60,6
Adani Group
22
Maykl Dell
59,8
Dell Technologies
23
Zhong Shanshan
57,7
Nongfu Spring
24
Prajogo Pangestu
55,4
Barito Pacific

24 nafar o‘ta boy milliarderlar orasida faqat uchta ayol bor — bular “L'Oréal” merosxo‘ri Fransuaza Bettankur-Mayers ($61,9 mlrd) hamda “Walmart” do‘konlar tarmog‘iga egalik qiluvchi “Walton” sulolasining ikki nafar vakilidir.

O‘ta boylarning aksariyati AQShda istiqomat qiladi — mamlakat tashqarisida atigi yetti kishi yashaydi, ular orasida hindistonlik tadbirkorlar Mukesh Ambani va Gautam Adani, shuningdek, xitoylik milliarder Chzhun Shanshan (Nongfu Spring) bor.


Avvalroq “Spot” Ilon Mask Dubay ostida avtomobillar uchun yer osti tunnellarini qurishi haqida yozgandi.

Tunnel haydovchisiz avtomobillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, soatiga 20 mingtagacha yo‘lovchini qabul qila oladi.