Mijozlarga e’tibor — Astana Motors faoliyatidagi asosiy tamoyil. Kompaniyada o‘z xaridorlarini tinglash va eshitish, ular bilan hamfikr bo‘lish, sifatli xizmatni taqdim etish, yagona jamoa, katta oilaga aylanish muhim vazifa hisoblanadi.
Mijozlar bilan o‘tkaziladigan tadbirlar netvorkingni samarali yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.
BYD Astana Motors akademiyasi, Family Day, endi esa sport musobaqalari — mijozlarga yaqinroq bo‘lish uchun ajoyib imkoniyat.
23-fevral kuni dilerlik tarmog‘i xodimlari jamoalari hamda Chazor DM-i hamjamiyati a’zolari va mijozlari o‘rtasida birinchi turnir o‘tkazildi.
Raqobat ruhi maydonni bir lahza ham tark etmadi. Sportchilar mahorat va jamoaviy birdamliklarini namoyish etdi. O‘yinning har bir daqiqasi kurash va g‘alabaga intilish bilan to‘la bo‘ldi.
Turnirni boshqargan professional hakam, tadbirning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda tayyorlangan furshet, sportchilar va muxlislar uchun maxsus kiyimlar, xullas, har bir tafsilot puxta o‘ylangani hamda, albatta, his-tuyg‘ularning jo‘shqinligi yakshanba kunini haqiqiy sport va do‘stlik bayramiga aylantirdi.
To‘rtta o‘yin natijasida g‘olib aniqlandi — bu BYD Sergeli jamoasi bo‘ldi. Biroq hech kim sovg‘alarsiz qolmadi. Sportchilar ham, muxlislar ham kichik, ammo yoqimli sovg‘alar, yorqin taassurotlar, ajoyib kayfiyat va ijobiy his-tuyg‘ularga ega bo‘ldi. Kelajakda kompaniya bunday musobaqalar uchun sport turlari ro‘yxatini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Mijozlarga e’tiborning yana bir belgisi sifatida ikkita servis markazi 24/7 ish rejimiga o‘tkazildi. BYD Sergeli va BYD Yunusobod markazlari endi mijozlarga qulay bo‘lgan istalgan vaqtda avtomobillarni texnik xizmat ko‘rsatishga qabul qilmoqda.
Telefon: 1322.
Sayt: byd-astanamotors.uz
Facebook: fb.com/BYD_Astana_Motors
Instagram: @byd_astanamotors.uz
Reklama huquqlari asosida.