E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.
“Spot” O‘zbekiston banklarida xorijiy valyutadagi oflayn va onlayn depozitlar qanday o‘zgarganini o‘rgandi.
Mavzuga doir: so‘mdagi eng daromadli omonatlar bilan bu yerda tanishish mumkin.
Hozirda mavjud 36 ta bankdan 25 tasida xorijiy valyutada omonatlarni joylashtirish mumkin bo‘lib, ular olti oydan uch yilgacha saqlanadi.
Depozitlarni oflayn tarzda ham, onlayn ham ochish mumkin. Omonat ochishda talab etiladigan minimal summa miqdori uning turiga qarab farqlanadi. Masalan, aksariyat banklarda oflayn depozit qo‘yishning minimal miqdori $10, onlaynda esa $100ni tashkil qiladi.
Maqola chop etilgan vaqtda mazkur valyutadagi omonatlarning eng yuqori stavkasi (8%) — “Anorbank” tomonidan 24 oyga, “Universalbank”da 18 oyga taklif etilmoqda. “Mikrokreditbank” va “Infinbank” esa 7,5%lik omonat turini taklif qiladi.
Ro‘yxat foiz stavkalarining yuqoriligi tartibida tuzilgan. Ma’lumotlar banklarning rasmiy saytlari va “Telegram” kanallaridan olindi.
Bank nomi | Stavka | Minimal summa | Muddati (oy) | Rasmiylashtirish | To‘ldirish/qisman yechib olish |
Anorbank | 8% | $1000 | 24 | onlayn | +/- |
Universalbank | 8% | $200 | 18 | oflayn | +/- |
Mikrokreditbank | 7,5% | $1000 | 36 | oflayn | +/- |
Infinbank* | 7,5% | $1000 | 24 | onlayn/oflayn | +/+ |
Davrbank | 7% | $100 | 25 | oflayn | +/+ |
Turonbank | 7% | $100 | 18 | onlayn | +/- |
Trastbank* | 7% | $1000 | 24 | oflayn | +/+ |
O‘zsanoatqurilishbank | 7% | $500 | 18 | onlayn/oflayn | -/- |
Hamkorbank | 7% | $50 000 | 18 | oflayn | -/- |
Agrobank | 7% | $100 | 24 | onlayn/oflayn | -/- |
Poytaxtbank | 7%-6% | $100 | 13−25 | oflayn | -/+ |
Aloqabank | 6,5% | $100 | 24 | onlayn | +/+ |
TBC Bank | 6,5% | $100 | 24 | onlayn | +/- |
Garant bank* | 6% | $10 000 | 24 | onlayn/oflayn | +/+ |
Mybank | 6% | $100 | 13 | oflayn | +/+ |
Biznesni rivojlantirish banki | 6% | $100 | 13 | oflayn/onlayn | +/+ |
Ziraat Bank Uzbekistan | 5,5% | $500 | 24 | oflayn/onlayn | -/- |
O‘zmilliybank | 5% | - | 27 | onlayn/oflayn | +/- |
Asia Alliance Bank* | 5% | $500 | 24 | oflayn | -/- |
onlayn | +/- | ||||
Xalq banki | 4,5% | $10 | 18 | oflayn | +/- |
Ipotekabank** | 4% | cheklanmagan | 13 | oflayn | +/+ |
Asakabank | 4%**** | $300 | 13 | onlayn/oflayn | +/+ |
Kapitalbank | 4% | $500 | 36 | onlayn/oflayn | +/+ |
Ipak yo‘li banki | 3% | $500 | 3−12 oy | oflayn | +/+ |
Orient Finans Bank | 2,5% | $5000 | 500 kun | onlayn/oflayn | +/- |
*omonat kiritilgan sanadan boshlab 6/7/12 oy davomida qo‘shimcha badal kiritish mumkin.
**3 oygacha qo‘shimcha miqdorni kiritish mumkin.
***birinchi 24 oy davomida 6%, 25−36 oylar davomida 2% foiz stavkasi to‘lab beriladi.
****mobil ilova orqali rasmiylashtirilganda.
Aksariyat banklarda depozitni muddatidan oldin yopish imkoniyati mavjud. Saqlash muddatiga qarab foizlar kamaytirilishi yoki to‘lanmasligi mumkin.