“Instagram” Reels’ni alohida ilovaga ajratish haqida o‘ylamoqda. “The Information” manbasining so‘zlariga ko‘ra, platforma rahbari Adam Mosseri xodimlar bilan loyihani muhokama qilgan, deb yozadi “TechCrunch”.
Ma’lum qilinishicha, loyiha “Project Ray” kod nomiga ega bo‘lib, AQShdagi yangi va mavjud foydalanuvchilar uchun tavsiyalarni yaxshilashga, shuningdek, uch daqiqalik videolarni ommalashtirish maqsadini ko‘zlagan.
Yanvar oyida “Instagram” Reelsdagi maksimal video davomiyligini uch daqiqagacha oshirgani haqida xabar berilgandi.
Qayd etilishicha, “Instargam” AQShda “TikTok"ning taqiqlanishi fonida amaldagi cheklovni o‘zgartirgan.
Hozirda “Instagram” hozirda fotosuratlar, Reels va Stories’ni o‘z ichiga oladi. Ko‘pchilik foydalanuvchilarning fikricha, platforma video kontent bilan haddan tashqari to‘lib ketgan va o‘zining dastlabki g‘oyasi — fotosuratlar almashish ilovasi ekanligini yo‘qotgan.
Kompaniya “Reels"ni qisqa videolar uchun alohida ilovaga ajratib chiqarsa, bu Instagram*ga boshqa funksiyalarga e’tiborini qaratish imkoniyatini berishi xabarda ta’kidlanmoqda.
Shuningdek, “Instagram"da shaxsiy xabarlarni tarjima qilish va rejalashtirish funksiyasi qo‘shildi.
Ijtimoiy tarmoqdagi yangilanishlar orasida xabarlarni mustahkamlash va foydalanuvchilarni guruh chatiga moslashtirilgan QR-kod yordamida qo‘shish kabilar bor.
Bundan tashqari “Instagram” izohlardagi dizlayk funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqda. Ijtimoiy tarmoq rahbari Adam Mosserining qayd etishicha, mazkur funksiya izohlarni yanada do‘stona qilishga yordam beradi.
Avvalroq “Spot” “Instagram” va “Facebook” sanksiyalar bekor qilinganidan keyin ham Rossiyaga qaytmasligi haqida yozgandi.
Bunga “Meta” kompaniyasining Rossiya qonunlariga rioya qilishdan bosh tortayotgani va senzura bilan bog‘liq hal etilmagan masalalar mavjudligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.