Joriy yilning 28-fevral sanasidan boshlab"Nukus-Beyneu-Nukus" yo‘nalishi bo‘yicha yangi xalqaro yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Qayd etilishicha, mazkur yo‘lovchi poyezdi qatnovlari haftada ikki marotaba — dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Ushbu poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

651-sonli “Nukus — Beyneu” yo‘nalishi

  • Nukus 00:40 — Beyneu 11:40;

652-sonli “Beyneu — Nukus” yo‘nalishi (har dushanba kuni)

  • Beyneu 16:26 — Nukus 03:35.

Avvalroq “Jibek joli” turistik poyezdining navbatdagi qatnovi Navro‘z bayramida amalga oshirilishi haqida xabar berilgandi.

Olmaota-Turkiston-Toshkent-Samarqand-Taraz-Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha qatnov 20−25-mart kunlari rejalashtirilgan.


Avvalroq “Spot” Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida erkin savdo zonasini tashkil etish taklifi bildirilgani haqida yozgandi.

Nukusda faoliyat yurituvchi kompaniya Mang‘istau viloyatida savdo markazlari qurishni rejalashtirmoqda.