Toshkentning Bektemir tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.
28-fevral kuni ta’mirlash ishlari sabab soat 11:00dan 15:00gacha Bektemir tumanining “Oltintopgan”, “Bektemir” hamda “Abay” MFYlarning belgilangan hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.
Qayd etilishicha, ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.
Avvalroq “Spot” uchta hududda 1,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gaz talon-toroj qilingani haqida yozgandi.
Xususan, Andijonda tadbirkor tabiiy gaz tarmog‘iga, Farg‘ona va Qoraqalpog‘istonda esa elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib olgani aniqlangan.