2024-yil yakunlari bo‘yicha, Neo Insurance sug‘urta kompaniyasi Global Banking & Finance Review xalqaro nashrining “O‘zbekistonning eng yaxshi yangi onlayn sug‘urta kompaniyasi” degan nufuzli mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ushbu mukofot kompaniyaning sug‘urta xizmatlarini raqamlashtirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatishda innovatsion yondashuvni qo‘llash hamda yuqori darajadagi ishonchlilikni ta’minlash bo‘yicha yutuqlarini tasdiqlab berdi.

Neo Insurance sug‘urta kompaniyasi tashkil topgan kundan boshlab to‘liq raqamlashtirish yo‘nalishini tanladi. Kompaniya O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib avtosug‘urta (OSAGO, KASKO), sayohatchilar sug‘urtasi, baxtsiz hodisalardan sug‘urtalanish, uy hayvonlari sug‘urtasi, hujjatlar, ishsizlikdan va boshqa sug‘urta turlari bo‘yicha onlayn rasmiylashtirishni joriy etdi. Bu esa o‘z navbatida mijozlarga raqamli sug‘urta xizmatlaridan foydalanishda “bitta tugmachani” bosish orqali sug‘urta polisini olish imkoniyatini yaratadi.

Neo Insurance sug‘urta kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan veb-sayt va Neo Mobile mobil ilovasi sug‘urta polislarini oddiy rasmiylashtirishni taklif etadi. Bu mijozlarga sug‘urta mahsulotlarini oson tanlash, sug‘urta xizmatlaridan foydalanish va real vaqt rejimida yordam olish imkonini beradi.

Neo Insurance mobil ilovasida har bir foydalanuvchi o‘z shaxsiy kabinetiga ega bo‘lib, barcha sug‘urta polislaridan foydalanish hamda sug‘urta hodisasi to‘g‘risidagi arizani onlayn tarzda topshirish imkoniyatiga ega. Bu esa mijozlar uchun sug‘urta xizmatlaridan foydalanish jarayonini yanada qulayroq qiladi.

Shu bilan birga, kompaniya xavflarni baholash, arizalarni qayta ishlash va zararlarni qoplashda sun’iy intellekt va Big Data texnologiyalarini faol qo‘llamoqda. Avtomatlashtirilgan jarayonlar yechimlarni tezkor tarzda qabul qilish va to‘lovlarni tezkorlik bilan amalga oshirish imkonini beradi.

Neo Insurance sug‘urta kompaniyasi, shuningdek, islom moliyasi tamoyillariga mos keladigan Takaful sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha birinchi sug‘urta kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Takaful sug‘urta mahsulotlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tasdiqlangan, bu esa mahsulotlarning shariat me’yorlariga muvofiqligini kafolatlaydi.

Onlayn sug‘urtaning asosiy jihatlaridan biri shundaki, bu mijozlar ma’lumotlarining xavfsizligi. Neo Insurance sug‘urta kompaniyasi xalqaro xavfsizlik standartlariga mos keladigan ilg‘or shifrlash va axborotni himoya qilish texnologiyalarini joriy etdi.

Global Banking & Finance Review tomonidan Neo Insurance sug‘urta kompaniyasini “O‘zbekistonning eng yaxshi yangi onlayn sug‘urta kompaniyasi” deb tan olingani kompaniyaning raqamli yo‘nalishdagi yuqori o‘rnini yana bir bor tasdiqlaydi. Neo Insurance sug‘urta kompaniyasida mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasi, innovatsion texnologiyalari va mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuvlari mintaqadagi boshqa sug‘urta kompaniyalari uchun namunadir.

Kompaniyaning mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markazi 24/7 rejimida ishlaydi: (+998) 71−202−55−66.

Sayt: neoinsurance.uz
Facebook: fb.com/neoinsurance.uz
Instagram: @neoinsurance.uz

Reklama huquqlari asosida.